Surxondaryo viloyati Boysun tumanida uy ichidagi sandiqdan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xabariga ko‘ra, 24-iyul kuni Boysun tumanining “Bibishirin” mahallasida yashovchi, D.D. 102 ga qilgan murojaatida 13-iyul kuni noma’lum shaxs yashash uyi eshigi ochiqligidan foydalanib, uy ichidagi sandig‘idan 10 million so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni shu tumanda yashovchi E.A. sodir etgani aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 24-iyul kuni E.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)