• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tasavvur qilyapsizmi, men gastarbayterga aylanib qoldim” — O‘zbekistonga kelgan Rossiya fuqarolari ish topish qiyinligidan shikoyat qilmoqda

    Rossiyaning “AiF” sayti Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga ketgan Rossiya fuqarolari qanday yashayotgani haqida material e’lon qildi.

    Quyida “AiF” muxbiri Georgiy Zotovning O‘zbekistonga ko‘chib kelgan ba’zi Rossiya fuqarolari bilan uyushtirgan suhbatini e’tiboringizga havola qilamiz.

    “Fevral oyidan beri turli sabablarga ko‘ra 10 mingga yaqin Rossiya fuqarolari Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chib o‘tdi. Yangi joyga ko‘nikib ketish hammada ham o‘xshamadi.

    Masalan, peterburglik 24 yoshli Romanga O‘zbekiston ma’qul kelmadi.

    “Bu yerda qashshoqlar yashaydi, narx-navo ancha arzon deb o‘ylagandim, — deb shikoyat qiladi u. – Axir o‘zbeklar bizning mamlakatda ko‘cha supuruvchi, haydovchi, eng arzon do‘konlarda yuk tashuvchi bo‘lib ishlayotganini ko‘rgandim-da. Birdan odamni aqldan ozdiradigan darajadagi narxlarni ko‘rib shoshib qoldim. Men turar joy uchun oyiga taxminan 100 dollarni chamalagan edim, lekin Toshkentda 2 xonali uyni 500 dollarga amallab topdim.

    Mening spaniel zotli kuchugim bor. Ko‘pchilik ijaraga uy berishni xohlamadi: ular musulmonlar uchun itlar “nopok” ekanligiga sha’ma qilishdi. Qolaversa, ish topish juda qiyin. Men deyarli barcha pulimni sarflab bo‘ldim... Buyog‘iga nima qilish kerakligini bilmayman”.

    - Ya’ni siz fuqarolari gastarbayterlik qilish uchun mamlakatimizga kelayotgan kambag‘al davlatga borib, u yerda ish topmoqchi bo‘ldingiz, shundaymi?

    - Men videobloger bo‘lmoqchiman. YouTube uchun reklamalar suratga olmoqchiman. Sankt-Peterburgdagi kurslarda o‘qiganman, bo‘sh paytlarimda ba’zan pul ishlab topdim, shuningdek, ota-onam ham puldan yordam berib turishdi. “Ikkinchi poytaxt”dan kelgan odamni bu yerda yaxshi kutib olishadi, deb o‘ylagandim. Lekin Toshkentda mening g‘oyalarimga befarq bo‘lishdi. 4 oy davomida pul ham tugadi, ota-onam norozi bo‘lib, qaytishim kerakligini aytishmoqda. Axir ofitsiant bo‘lib ishlab yurmayman-ku!

    Roman Rossiyada armiyaga chaqirilishdan qo‘rqib, ko‘chib ketganini yashirmaydi. Uning ba’zi tanishlari ham tahlikali davrlar tugashini O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda kutishga qaror qilishdi.

    “Birdan Rossiya va G‘arb o‘rtasida yadro urushi boshlanib qolsa-chi?, – fikrini bildiradi u. – NATO esa Toshkentni bombardimon qilishi dargumon”.

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qonunni buzgan holatlarda gumonlanuvchilarni topshirish to‘g‘risida kelishuv borligidan xabari borligi yoki yo‘qligini so‘radim. Agar Roman “armiyada xizmat qilishdan bo‘yin tovlash” moddasi bilan ayblangan taqdirda O‘zbekiston uni Rossiyaga topshiradi. Yigitning rangi oqarib ketdi. Albatta, u bu haqda hech narsa bilmagan.

    “Men O‘zbekistonni Afrikaga o‘xshash davlat deb tasavvur qilgandim”

    Yangi emigrantlarning asosiy muammosi ular o‘zlari bo‘lib turgan mamlakati haqida hech narsa bilishmaydi. 23 yoshli rieltor bo‘lib ishlovchi moskvalik Masha mart oyi boshida Toshkentga uchib kelgan, bilet unga 62 ming rublga aylangan.

    Mashaning tan olishicha, O‘zbekistonga kelishdan oldin bu yerni “5 ming rublga hech narsadan o‘zini tiymasdan, bir oy yashash mumkin bo‘lgan Afrikaga o‘xshash davlat” deb tasavvur qilgan. Ammo u 30 ming rublga amallab kvartira topishga muvaffaq bo‘lgan, qo‘shimchasiga kommunal xizmatlar to‘lovi ham bor.

    “Men Toshkentdan turib Moskvadagi mijozlarga uy-joy sotib olish bo‘yicha onlayn konsultatsiya berib pul topaman, deb o‘ylagandim, — xafa bo‘ladi Masha. – Lekin ma’lum bo‘lishicha, konsultatsiya paytida odamlarga mening shaxsan ishtirokim kerak ekan. Hozirda qarz bo‘lishim mumkin bo‘lgan barchadan qarzman. O‘zbekistonda mendek tajribaga ega bo‘lgan yoshlar umuman kerakmasligidan hafsalam pir bo‘ldi. Hamma ham “aytishnik” bo‘lavermaydi-ku!”

    “Bunday qoloqlik haqida bilishni ham istamayman”

    Sog‘lom hayot tarzi tarafdori bo‘lgan Mariyani o‘zbek oshxonasi jig‘ibiyron qilmoqda.

    “Ular faqat go‘sht yeyishadi. Hech qanday parhez mahsulotlar yo‘q, bug‘da pishirilgan baliq kotletlar, brokkoli ommalashmagan, kinoa yoki chia urug‘lari haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Yog‘da qovurib tayyorlanadigan taomlar yoki kanserogenli kaboblar haddan tashqari ko‘p. Qo‘y go‘shti jiqqa yog‘ bilan dasturxonga tortiladi, men xolesterin haqida o‘ylasam titrab ketaman. Italyan va yapon restoranlarining Moskvadagi bilan solishtirganda sifati ancha past. Men o‘zimga tovuq qaynataman va uni hafta davomida iste’mol qilaman. Tasavvur qilyapsizmi, men gastarbayterga aylanib qoldim”.  Men yelkamni qisaman. “O‘zbeklar Moskvada pulni tejash uchun bir dona kvartirani 20 kishi ijaraga olishadi va “Doshirak” (tez tayyorlanadigan lag‘mon) yeb kun ko‘rishadi”.

    “E-e-e, — deydi Mariya. — Men bunday qoloqlik haqida bilishni ham xohlamayman. Moskvadan kelgan rieltorni ular boshiga ko‘taradi deb o‘ylagandim. Lekin ular mening e’lonlarimga javob ham qaytarishmadi”.

    Mariya endi AQSHga ketishni orzu qilmoqda. “U yerda hammaga ish bor. Tilni bilmayman, lekin o‘rganaman”.

    Qo‘shma Shtatlarda 4 oy ichida rieltorga aylanish ilojsiz, lekin Mashaga buni aytmadim. Menimcha, bu befoyda”.

    05.08.2022, 20:38   Izoh (0)   26841
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Tadbirkorlik jamg‘armasi nizomi tasdiqlandi

    05.08.2022, 20:27

    O‘zbekiston TIV Buyuk Britaniyadagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujum yuzasidan bayonot berdi

    05.08.2022, 20:10

    Toshkentda qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

    05.08.2022, 19:58

    Farg‘ona vodiysida 6—8 avgust kunlari sel toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

    05.08.2022, 19:01

    “O‘zbekneftgaz”: Texnika fanlari doktori Elyorbek Saydaxmedovga professor ilmiy unvoni berildi

    05.08.2022, 19:00

    Namangandagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

    05.08.2022, 18:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.