Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

“Gazeta.ru” nashrining xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘zaro savdo hajmini birgalikda oshirish, iqtisodiyot va energetika masalalari bo‘yicha bir-birlari bilan uchrashish va savdo sohasida hamkorlik qilish uchun choralar ko‘rish, transport, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilishga qaror qilgan.

Foto: “RIA Novosti”
Ikkala davlat rahbarlari Rossiya-Turkiya munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibi bo‘yicha keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazdi va quyidagilarga kelishib oldi: iqtisodiyot va energetika sohalarida qarama-qarshi tomonning umidlaring uchun o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini muvozanatli asosda oshirish va belgilangan maqsadlarga erishish, — deyiladi hujjatda.
Shuningdek, mamlakatlar uzoq vaqtdan beri har ikki tomonning kun tartibida bo‘lgan masalalar bo‘yicha hamkorlikni oshirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga tayyor ekani qayd etildi. Xususan, transport, savdo, qishloq xo‘jaligi, sanoat, moliya, turizm va qurilish sohalari ham muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari Rossiya gazining Turkiyaga yetkazib berilishi qisman rublda to‘lanishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Oliy darajadagi hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini Turkiyada o‘tkazishga kelishib oldi.

Mavzuga doir: Putin va Erdog’anning Sochidagi uchrashuvi matbuot anjumanisiz o‘tkaziladi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi