• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Konstitutsiya loyihasi Twitter’da muhokama qilindi

    Twitter platformasida jiddiy mavzularga bag‘ishlangan audiochatlar boshlandi. Jumladan, 5-avgust kuni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasiga kiritilgan muhim mavzulardan biri — intellektual mulk himoyasiga bag‘ishlangan suhbat uyushtirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Audiochatga soha mutaxassislari — ekspert-huquqshunoslar taklif etildi. Xususan, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Norquvatov, huquqshunos Madina Tursunova, kinorejissyor Jahongir Ahmedov hamda boshqa mutaxassislar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

    Suhbat tashkilotchisi va boshlovchisi Hikmatilla Ubaydullayevning qayd etishicha, aynan intellektual mulk himoyasi eng muammoli sohalardan biri ekani ushbu mavzuni muhokamaga olib chiqishga turtki bergan. “Hamma yo‘nalish — adabiyot, san’at, ijod, umuman, barcha sohada mualliflik huquqi juda qo‘pol ravish buziladi. Buning eng katta sabablaridan biri — mualliflik huquqini hurmat qilish madaniyati shakllanmagani hamda ijodkorlar o‘z huquqlarini yaxshi bilmasligida. Shuning uchun ham ushbu mavzuni ekspertlar ishtirokida muhokama qilish dolzarb, deb hisobladik”, — deydi u.

    Audiochat ikki soatdan ko‘proq davom etdi. Unda jami 1800 nafardan ortiq foydalanuvchi qatnashdi, 10 dan ziyod mutaxassis o‘z fikrlarini bayon qildi.

    Mualliflik huquqini buzgan resurslar bloklanadi

    Sanjar Norquvatov, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i:

    Internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sari mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘paymoqda. Ayniqsa, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda badiiy va san’at asarlarini o‘z resurslarga noqonuniy joylashtirish ko‘p kuzatilmoqda. Shu bois Adliya vazirligida mualliflik huquqiga rioya etmayotgan resurslar reyestri yaratilmoqda. Ushbu reyestrga muntazam ravishda qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan resurslar kiritiladi va ularning faoliyati cheklanadi.

    Asosiy muammo — mualliflar o‘z intelektual mahsulotini boshqa insonga berayotganda shartnoma tuzmasligi. Ular, odatda, og‘zaki kelishadi va shuning ortidan ko‘plab masalalar tug‘iladi. Bu bo‘yicha ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilyapti.

    Xorij tarjibasi qanday?

    Madina Tursunova, huquqshunos:

    Afsuski, bizda onlayn resurslarda mualliflik huquqini ta’minlash juda qiyin masalalardan biriga aylandi. Chunki, masalan, qaysidir veb-saytda o‘zingizga tegishli kontentga duch kelsangiz, uni faqatgina o‘sha resurs administratori olib tashlashi mumkin.

    Bu borada xorij tajribasi qanday? Xorijda qaysidir veb-resurs bilan bog‘liq muammoga duch kelsangiz, o‘sha veb-resurs joylashgan xostingga murojaat qilasiz. Xosting esa sizning shikoyatingizni ko‘rib chiqishga majbur, aks holda, u ham mualliflik huquqini buzgan deb hisoblanadi. Mualliflik huquqi buzilgan kontentni resursdan olib tashlash ishi ana shunday tartibda bajariladi. Shu bois bu masalani muhokama qilayotganda nafaqat qonunchilik, balki texnik tomonlama ham ko‘rib chiqishimiz lozim. Bizda bunday normalar yo‘q va qonunchilik shu asosda takomillashtirilishi kerak.

    MIB foydalangan surat

    Muhiddin Ali, fotograf:

    Men 10 yildan beri fotograflik sohasida ijod qilib kelaman. Yuqoridagi gaplarni eshitib, bir qiziq voqeani aytib bermoqchiman.

    Esimda bor, 2—3 yil oldin mening Instagram’dagi sahifamdan oilaviy rasmimni olib, katta bir tashkilot ajrim haqidagi bannerda foydalanishibdi. Buni menga quda tomondan odamlar yuborishgan. Eng qizig‘i, bu banner — insonlarning huquqi uchun kurashadigan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi banneri edi. Bu masalada byuro axborot xizmati bilan bog‘lanib, 50 ta bolalar adabiyotini xarid qilish va bannerlarni olib tashlash shartini qo‘yganman. Lekin banner baribir to‘liq olib tashlanmadi.

    Inson qachon mualliflik huquqi buzilishiga to‘g‘ri keladi? Birinchi marta partadoshining daftaridan ko‘chirgandami? Demoqchimanki, bolalarni eng boshidan mualliflik huquqiga hurmat ruhida tarbiyalashimiz kerak. Bu masala boshlang‘ich sinf bolalari darsligiga kiritilishi lozim deb o‘ylayman.

    Amerika kinosi va yaponlar

    Xushnudbek Xudoyberdiyev, huquqshunos, bloger:

    Mualliflik huquqi bo‘yicha shartnoma tuzilayotganda ijodkorlarni uning shartlarini o‘qishga o‘rgatishimiz kerak. Juda ko‘plari shablon shartnomalar bo‘ladi, rus tilida bo‘ladi. Shuning uchunmi, aksariyat ijodkorlar uni o‘qimay qo‘l qo‘yadi. Asosiy kelishuvlar shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

    Bizda, afsuski, nomaddiy predmetlar negadir o‘g‘rilik hisoblanmaydi. Yaponiyada o‘qigan tanishim bir voqeani gapirib berdi: hali Yaponiyada namoyishi boshlanmagan juda mashhur Amerika kinosi haqida gaplashib o‘tirganimizda men o‘sha kinoni ko‘rganim haqida aytdim. Yaponlar bundan hayratlanib, menga ancha kun mualliflik huquqi haqida gapirib yurishdi. Aslida biz ham shunday bo‘lishimiz, har birimiz mualliflik huquqini hurmat qilishni o‘zimizdan boshlashimiz kerak.

    Aytish kerakki, Twitter’da ushbu muhokama ko‘pchilikda ijobiy taassurot qoldirdi. Buni foydalanuvchilar qoldirgan izohlardan ham bilish mumkin.

    https://twitter.com/norquvatov_s/status/1555831623874068480

    https://twitter.com/Zayniddinov/status/1555825023906111491

    https://twitter.com/DaniyorRozmetov/status/1555605609487138816

    06.08.2022, 18:55   Izoh (0)   21043
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.