Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iyul oyida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 14 nafar hududiy filiallari rahbarlari dunyoning o‘nta yirik qayta sug‘urtalovchilaridan biri bo‘lgan “Korean Reinsurance Company” (Korean Re) xamda “Hyundai Marine & Fire Insurance” (Janubiy Koreya) kompaniyalariga malaka oshirish va tajriba almashish kurslariga yuborildi.

Hududiy bo‘limlar rahbarlarini o‘qitish Janubiy Koreyaning Seul shahridagi “Korean Re” va “Hyundai Marine & Fire Insurance” o‘quv markazlarida amalga oshirildi. Kompaniya mutaxassislari Janubiy Koreyaning sug‘urta va qayta sug‘urta bozorining rivojlanish holati, mol-mulk, javobgarlik, muhandislik sug‘urtalari va axoliga taqdim qilinayotgan boshqa sug‘urta turlarini batafsil o‘rgandi.

Trening yakunlari bo‘yicha “Korean Re” va “Hyundai Marine & Fire Insurance” kompaniyalarining yetakchi mutaxassislari bilan O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning dolzarb masalalari, shuningdek, global tashqi omillarning sug‘urta sohasi rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha tajriba va fikr almashildi.

Kompaniya xududiy rahbarlarining tajriba orttirish dasturi dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar o‘ntaligiga kiruvchi va sug‘urta bozorining xajmi borasida Osiyo qit’asi davlatlari orasida yetakchilardan bo‘lgan, aholisining 94 foizi ikki va undan ortiq sug‘urta polisiga ega, yalpi ichki mahsulotining 11,4 foiz hajmi bilan sug‘urta mukofotlari miqdori bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egallaydigan Janubiy Koreyada tashkil etildi.

Barcha darajadagi mutaxassislarning professional ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish “O‘zbekinvest” kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda, tuzilmalar xodimlari va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari uchun “Sug‘urta maktabi”, boshqaruv xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha “Sug‘urta akademiyasi” hamda sug‘urta agentlarini tayyorlash bo‘yicha onlayn platforma faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu yilning may oyida 14 nafar tuman bo‘limlarining eng samarali faoliyat yuritayotgan rahbarlari Pragadagi G‘arbiy Bogemiya universitetida (Chexiya) malaka oshirish kurslarini tamomladi.

Tuman bo‘limlari rahbarlarining navbatdagi guruhi joriy yilning sentyabr oyida Praga shahriga amaliyot o‘tash uchun yuboriladi. Viloyat filiallari rahbarlari esa kelasi yil boshida amaliyot o‘tash uchun Nyu-York shaxriga, dunyoning eng rivojlangan sug‘urta bozorini o‘rganish uchun AQSHga yuboriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?