Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari va sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida post yozib, Qozog‘iston va Gruziya Rossiya imperiyasi sharofati bilan hozirda mavjud ekanini ta’kidladi. Jurnalist va siyosatchi Kseniya Sobchak fikricha, Medvedevning akkaunti xakerlar hujumiga uchragan, chunki post bir necha daqiqadan keyin o‘chirib tashlangan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Biroq ko‘pchilik postni skrinshot qilib olishga ulgurdi. Unda aytilishicha, Gruziya Rossiya Imperiyasi tarkibidagina hozirgi chegaralariga ega bo‘lgan. U Rossiya imperiyasiga kirguniga qadar umuman mavjud bo‘lmagan, deb hisoblaydi siyosatchi.

Medvedevning fikricha, “Shimoliy va Janubiy Osetiya, Abxaziya va Gruziyaning hozirgi hududi faqat Rossiya bilan yagona davlat tarkibidagina birlashishi mumkin”.

“Qozog‘iston — bu sun’iy davlat, sobiq rus hududlari, masalan, Guryev, Semipalatinsk shaharlari, hatto Olmaota ham 1924-yilgacha Verniy deb atalgan”, — deb yozdi Medvedev.

Skrinshot: Telegram / Kseniya Sobchak

Skrinshot: Telegram / Kseniya Sobchak

Skrinshot: Telegram / Kseniya Sobchak

Skrinshot: Telegram / Kseniya Sobchak

Skrinshot: Telegram / Kseniya Sobchak

Skrinshot: Telegram / Kseniya Sobchak

Bugungi kunda Qozog‘istonda, Medvedening fikricha, ruslarga nisbatan genotsid amalga oshirilmoqda va Rossiya u yerga bormagunicha, tartib bo‘lmaydi.

Shuningdek, postda aytilishicha, “qachonlardir katta va qudratli Sovet ittifoqitarkibida bo‘lgan barcha xalqlar yana birgalikda ahil yashashadi”, “Kiyev va Kichik Rossiyaning barcha hududlari ozod etilganidan keyin esa… Rossiya ming yillar avval Qadimgi rus davlati davridagidek yana yagona, qudratli va yengilmas bo‘ladi”.

Kseniya Sobchak fikricha, siyosatchining sahifasiga xakerlar hujum qilgan. Post Medvedevning Telegram-kanaliga joylanmagan. Medvedevning sahifasiga hujum uyushtirilgani haqida rasman ma’lum qilingani yo‘q, post joylashtirilgan sahifa rasman verifikatsiya qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar