Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga APL klubi qiziqish bildirmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Roma Press nashrining xabar berishicha, “Vulverhempton” 27 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Roma” bosh direktori Tiagu Pintu klub Shomurodovga qiziqish bildirayotgan jamoalarga futbolchini to‘liq transfer yoki sotib olish majburiyati bilan ijaraga berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonlik futbolchi mavsumoldi yig‘inlarda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ishonchini oqlamagan.

Avvalroq, “Bolonya” Eldorni 9 million yevro evaziga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Shomurodov 2021-yilning yozgi transfer oynasida 18 million yevro evaziga “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgandi. U “bo‘rilar”safida jami 40 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va oltita golli uzatma amalga oshirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin