• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Uch barmoqli tirannozavr, elektr fonar, qaroqchilar tamg‘asi — film ijodkorlari tomonidan maqsadli tarzda ataylab qilingan xatoliklar (foto)

    Umuman olganda odamlar filmlardagi xatolarni ko‘pincha sezmaydi. Biroq sinchkov tomoshabinlar tomonidan topilgan xatolarning hammasi ham suratga olish guruhi tomonidan e’tiborsizlik tufayli amalga oshirilmagan. Ba’zida film rejissorlari ijodiy zarurat uchun tarixiy haqiqatni qurbon qilishi ham mumkin.

    Neoning tug‘ilgan sanasi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Pasportdagi Neoning tug‘ilgan sanasi u haqda to‘plangan ma’lumotdan farq qiladi. Pasportiga ko‘ra, u 1971-yil 13-sentabrda tug‘ilgan, ma’lumotnomada esa 1962-yil 11-mart ko‘rsatilgan, ya’ni u 9 yosh katta. Bu kino ijodkorlarining aybi emas. Taxminlarga ko‘ra, Neo xaker bo‘lgani uchun ataylab o‘zi haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatgan.

    Morfeusning ko‘zoynaklari

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Neo va Morfeus konstruktor dasturiga kirganda tomoshabin Morfeusning qora ko‘zoynaklarida yaltiroq linzalar borligini va bir soniyadan keyin ular oddiy shisha bo‘lib qolganini ko‘radi. Gap shundaki, bu sahnaning boshida Morfeus jim turadi va operator uni aylanma trayektoriya bo‘ylab yaqinlashib kelayotgan stedikamda (kamerani barqarorlashtirish tizimi) tasvirga oladi. Oynali ko‘zoynaklar Neo qizil va ko‘k tabletkalarni tanlagan sahnani samarali aks ettirish uchun ham kerak bo‘lgan.

    Tirannozavrning barmoqlari

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Albatta, hech kim dinozavrlarga qarshi kurashayotgan ulkan maymun haqidagi blokbaster filmida ilmiy haqiqat kutmaydi, ammo shunga qaramay, ko‘pchilik Piter Jeksonning 2005-yilda suratga olingan “King Kong” filmidagi tirannozavr barmoqlarining 3 tadanligini payqagan – aslida esa har bir qo‘lda 2 tadan bo‘lishi kerak edi.

    Gap shundaki, Piter Jekson 1933-yilda suratga olingan “King Kong” haqidagi filmga hurmat yuzasidan 3 barmog‘li tirannozavr shundayligicha qoldirilgan.

    Jek Chittak qo‘lidagi tamg‘a

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jek Chittak “Karib dengizi qaroqchilari” filmining boshida cho‘kib ketayotgan Elizabet Suonni qutqarganidan so‘ng uni Jeyms Norringtonning odamlari qo‘lga oladi. Norrington go‘yoki qo‘l siqish uchun Jekka qo‘lini cho‘zganda, u qaroqchining bilagidagi “P” (Pirate) harfi shaklidagi tamg‘ani ko‘radi.

    Tarixda ham Sharqiy Hindiston savdo kompaniyasi jinoyatlari uchun qaroqchilarni qoralagan, shuning uchun ularning peshonalariga tamg‘a qo‘ygan, shunda har kim qaroqchini darhol tanib olishi mumkin edi. Ammo film sujetini hisobga olgan holda tamg‘a qaroqchining peshonasiga emas, bilagiga uriladi.

    “Titanik”da foydalanilgan elektr fonarlar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Titanik” filmining sujeti mayda detallargacha katta e’tibor bilan qurilgan. Omon qolganlarning ko‘plab guvohliklari va kemadan olingan fotosuratlarga ko‘ra, kemaning ichki qismi, qahramonlarning kiyimlari, oziq-ovqat, ichimliklar ehtiyotkorlik bilan tiklangan.

    Biroq Jeyms Kemeron qutqaruv qayiqlari halokat sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan so‘nggi sahnalardan birida dramatik effekt uchun haqiqatni qurbon qiladi. Qutqaruvchilarning biri katta elektr fonardan foydalanadi, garchi o‘sha paytlarda kerosin fonarlar ishlatilgan. Kino ijodkorlari butunlay fojiali manzara — suvda suzayotgan kema qoldiqlari va muzlab qolgan odamlarni ko‘rsatish uchun xira yorug‘lik yetarli bo‘lmasligini yaxshi bilishgan.

    Mashinaning orqa oynasi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Kelajakka qaytish” blokbasterining ikkinchi qismida Marti Biffdan sport almanaxini olish uchun 1950-yilga boradi. Marti Biff bilan mashinaga o‘tirganda, orqa ko‘zgu aniq ko‘rinadi, ammo keksa Biff almanaxni yosh Biffga topshirgan sahnada oyna yo‘q bo‘lib qoladi.

    Buni tushuntirish oson: bitta aktyor kadrda 2 ta obraz yaratganda bo‘linish effektini yaratish oynasiz osonroq bo‘ladi.

    Sahna bezaklari

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Mulen Ruj” myuziklining so‘nggi kadrlarida sahna foni sezilmas darajada o‘zgaradi. Avvaliga quyosh botishi fonida saroy va arkni ko‘ramiz, so‘ngra yurak shaklidagi murakkab pardalar paydo bo‘ladi, ark yo‘qoladi, yo‘q joydan juda ko‘p qo‘shimcha bezaklar paydo bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu sahna 2 marta turli ko‘rinishda suratga olingan.

    Kartina boshlanishi boshqa fon bilan, oxiri esa boshqasi bilan yaxshiroq chiqadi, film ijodkorlariv esa tomoshabin sahna almashganini sezmasligi uchun ularni bitta sahnaga birlashtirishga qaror qilishadi va tutun effektidan foydalanishadi.

    Tarzan badanidagi tirnalishlar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Xuddi shu nomdagi multfilmda Tarzan ulkan qoplon Sabor bilan mardonavor jang qiladi va jang paytida ko‘kragida tirnoq izlari qoladi. Biroq jang oxirida tirnalishlar sirli tarzda yo‘qoladi.

    Bu Disney studiyasining aybi emas, balki zarurat edi: multfilm belgilangan yosh chegarasiga mos kelishi uchun unda qonli sahnalarni ko‘rsatish mumkin emas. Jarohatlar va shafqatsizlikka ham e’tibor qaratish taqiqlangan.

    01.08.2022, 16:48   Izoh (0)   12367
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Voqealar rivoji bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur filmlar (foto)

    30.07.2022, 17:45

    Kinotavsiya: bo‘sh vaqtingizni maroqli o‘tkazishga yordam beradigan yangi turk seriallari

    19.07.2022, 21:39

    Gollivud aktrisasi Kameron Dias shon-shuhrat cho‘qqisiga yetganida kinoni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

    14.07.2022, 13:50

    “Hozir uvullavoraman”. Mashhur sovet multfilmi — “Ko‘ppak va bo‘ri”ning yaratilishi tarixi (foto)

    07.07.2022, 11:44

    Kinotavsiya: maroqli hordiq chiqarishingizni kafolatlaydigan filmlar

    06.07.2022, 21:47

    Kaan Urganjio‘g‘li, Satoko Akio, Pavel Priluchniy va o‘zbek filmlarida suratga tushgan boshqa xorijiy aktyorlar (foto, video)

    02.07.2022, 19:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.