Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqanddagi Farovon city stroy’ning zo‘ravonlari aholiga kuch ishlatib, uyidan haydab chiqaryapti” sarlavhali video e’lon qilindi. Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev holatga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda Samarqand shahar “Zarafshon” MFY hududida Farovon city MCHJ tomonidan qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilayotgani sababli 37 ta dala hovli egasining roziligi bilan tovon pullari to‘lanib, dala hovlilar buzilgan.

Ushbu dala hovlilardan birining egasi S.SH. unga belgilangan tovon pullarini olganligiga qaramasdan, xonadonni unga berilgan muddatda bo‘shatmagan.

2022-yil 20-iyul kuni Farovon city MCHJ rahbari fuqaroga yashab turgan manzilini tark etishini, qurilish ishlari davom ettirilishi lozimligini, aks holda belgilangan muddatda unga yuklatilgan qurilishni yakunlay olmasligini tushuntirgan vaqtida fuqaro S.SH. va MCHJ rahbari hamda uning qo‘l ostidagi ishchilari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)