Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Buxoro shahar “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan R.U. shaharning Q.Murtazoyev ko‘chasida boshqa bir fuqaroga, qonunga xilof ekanini bila turib, bir Rossiya rublini 186 so‘mdan hisoblab, 180 ming Rossiya rublini jami 33 480 000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan R.U. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)