Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Chimyon tog‘larida adashib qolgan bir guruh fuqarolar qutqarildi.

Foto: FVV

Foto: FVV

2022-yilning 30-iyul kuni soat 20:20 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga bir fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, 3 nafar fuqaro Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘lariga dam olish maqsadida kelgani va yo‘ldan adashib qaytib tushmaganini ma’lum qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon otryadining alpinist qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 31-iyul soat 01:22 da fuqarolar Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi cho‘qqisidan topilgan.

Ushbu fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan holda psixologik yordam ko‘rsatilib, tog‘ cho‘qqisidan erta tongda olib tushilgan va tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Fuqarolarning sog‘lig‘i yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi