Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ikki yil davomida qariyb 10 ming nafar yoshlar kompyuter savodxonligi hamda dasturlash kurslarida o‘qitildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, yuqori malakali dasturchi va mutaxassislar tayyorlash uchun barcha shahar-tumanlarda 19 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilgan. Ushbu markazlarda 2020-yilda 1 ming 110 nafar yosh bilim o‘rgangan bo‘lsa, 2021- yilda bu raqam 4 ming 640 nafardan ziyodni tashkil etgan.

“Viloyatimizda bugungi kunga qadar qariyb 10 ming nafar yoshlar kompyuter savodxonligi hamda dasturlash kurslarida o‘qitildi. Hozirgi kunda yana 2 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar bilim o‘rganmoqda”, — deydi Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazi direktori Bahromjon Jalilov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

IT park Farg‘ona filialida 2020-yilda 6 ta rezident faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2021-yilda ularning soni 11 taga yetdi. Hozirgi kunda 26 ta rezident bor. Rezidentlar tomonidan 900 ga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan, 3 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.

Farg‘onada 2022-yilda 3 ta eksportga yo‘naltirilgan kompaniya ish boshladi va eksport hajmi joriy yilda 82,5 ming dollarga yetgan.

Viloyatda shu kunga qadar qariyb 1000 nafardan ortiq o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan 5 ta ideaton, 3 ta hakaton tanlovlari va dasturlash musobaqalari tashkil etildi. 80 ga yaqin istiqbolli loyihalar startaplarni rivojlantirish maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga jalb qilinmoqda.

2021-yilda 284 million so‘mlik 5 ta startap moliyalashtirilgan bo‘lsa, 2022-yil davomida mavjud 85 ta startaplarning 9 tasi moliyalashtirilmoqda va ularga 402,8 million so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi