Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishining tadbirlarida ishtirok etayotgan SHHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg‘iziston tashqi ishlar viziri Jeenbek Kulubayev, Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, shuningdek, SHHT bosh kotibi Chjan Min I va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etdi.

Ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor vazifalari va SHHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekistonning birlashmaga raisligi davomida o‘tgan davrda birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda joriy yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tadigan sammit kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda 122 ta yangi universitet va institut ochilgan. 2016-yilgacha ularning soni 77 ta edi
Dunyo
Pokistondagi masjidda xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi, 25 kishi halok bo‘ldi (video)