Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Haddan tashqari issiq havoda ko‘p suv ichish, shlyapa kiyish va quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish kerakligi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin issiq havoda nimalar qilish mumkin emas? Marie Claire nashri quyida ana shu savolga javob berdi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘pgina shaharlardagi g‘ayritabiiy issiqlik tufayli yozgi mavsumda salomatlikni saqlash bo‘yicha tavsiyalar yana kun tartibidan o‘rin oldi. Mutaxassislar doimo suyuqlik ichish va organizmni quyoshdan himoya qilish zarurligini eslatmoqda. Ammo issiq havoda salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa bir qancha odatlar ham mavjud.

Meva sharbatini ichish

Shakar miqdori yuqori bo‘lgan sharbatlar organizmni suv kabi to‘yintirmaydi. Meva sharbatlari va gazlangan ichimliklardagi shakar qo‘shimcha gidratsiyaga ehtiyoj tug‘diradi, bu esa issiq havoda zararli. Ammo ayrim mahsulotlar orqali tuzni qabul qilish organizmga suv iste’molini muvozanatlash va metabolizmni yaxshiroq tartibga solish imkonini beradi.

Juda sovuq ichish

Issiqda juda sovuq ichimliklar ichish yaxshi emas, chunki u burun bo‘shlig‘ini muzlatib qo‘yishi mumkin, bu quyoshda haddan tashqari qizib ketish kabi yoqimsiz. Salqinlash istagi bo‘lsa-da, o‘ta sovuq ichimliklar bunga yordam bera olmaydi. Ko‘pincha konditsioner yoki ventilyator yonida qolib, shakarsiz salqin ichimlik yoki xona haroratidagi suvni ichish orqali namlikni saqlash mumkin.

Sovuq dush qabul qilish

Mutaxassislar chindan ham sovuq dush qabul qilmaslikni maslahat beradi. Sovuq dushdan ko‘ra iliq dush butun tizimga kamroq kuchlanishni keltirib chiqaradi va organizmni kuchli tebranishlar hamda ular bilan bog‘liq stressdan qutqaradi.

Tor kiyim kiyish

Juda tor kiyim qon aylanishiga xalaqit beradi va tabiiy harakatchanlikni buzadi, bu salqin havoda sezilmasligi mumkin, ammo issiq havoda jiddiy xavf tug‘diradi. Organizm zo‘riqadi, shu jumladan skelet, qon tomirlari, asab tugunlari va hatto teri ham shikastlanishi, ham ko‘payib borayotgan bakteriyalardan aziyat chekishi mumkin. Shuning uchun qulay his qilishga yordam beradigan tabiiy matolardan tikilgan keng kiyimlarga ustunlik berish tavsiya etiladi.

Og‘ir vazifalarni bajarish

Issiqda mashaqqatli ishlar bilan shug‘ullanmang — hech bo‘lmaganda quyosh chiqqandan keyin va quyosh botishidan oldin tashqarida ortiqcha ishlamang. Yodda tutingki, issiqda qolish juda xavfli. Issiqlik to‘lqini bilan birga havo ifloslanishining ortib borayotgan darajasi hisobga olinsa, bu o‘pka uchun zararli. Bu ogohlantirish nafaqat jismoniy mashqlar, balki jismoniy mehnat uchun ham amal qiladi, chunki yuqori harorat va yuqori darajadagi faollik suvsizlanishga va ko‘pincha o‘limga olib keladigan issiq urishiga olib kelishi mumkin.

Pardalarni ochib qo‘yish

Quyoshli kunlarda pardalarni ochiq qoldirmaslik tavsiya etiladi. Bu hech bo‘lmaganda quyosh chiqqandan keyin va quyosh botishidan oldingi vaqtga tegishli. Kunduzi ochiq pardalar issiqlik va quyosh nuriga yo‘l ochadi, bu haqiqatan ham issiq kunlar uchun yaxshi emas. Bundan tashqari, organizmni salqin saqlash uchun issiq havoda pech, kir yuvish mashinasi va quritgich kabi jihozlardan foydalanmaslik kerak, chunki ular o‘zidan issiqlik chiqaradi. Iloji bo‘lsa, faqat konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi.

Spirtli ichimliklar ichish

Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning ko‘payishi tez-tez peshob chiqarishni rag‘batlantiradi. Bu gidratsiyani oshirishdan ko‘ra, diuretik holat yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, hatto yengil zaharlanish ham fikrlashga ta’sir qilishi va issiqda kerakli ehtiyot choralarini ko‘rolmaslikka olib kelishi mumkin. Shifokorlar buni sog‘liq va hatto hayot uchun katta xavf deb hisoblaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi