OAV: Kulibali “Chelsi” bilan shartnoma imzoladi
“Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali “Chelsi” bilan shartnoma imzoladi.
Jurnalist Janluka di Marsioning xabariga ko‘ra, “ko‘klar” futbolchi bilan shartnoma imzolagan.
31 yoshli futbolchiga “Chelsi” 38 million yevro va 2 million yevro bonus sifatida to‘lagan.
Kulibali yangi jamoasida yiliga 10 million yevro maosh olishi ko‘zda tutilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar