“Spartak” klubining sobiq futbolchisi Aleksandr Kozlov 29 yoshida vafot etdi.
“Sport Ekspress” xabar berishicha, futbolchining o‘limiga qon tomirlaridagi trombning bexosdan yorilib ketishi sabab bo‘lgan.
Kozlov “qizil-oqlar”ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Spartak” safida 28 ta o‘yin o‘tkazgan Aleksandr bitta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Kozlov shuningdek, “Tyumen”, “Ximki”, “Tosno”, “Fakel”, “Ararat”, “Okjetpes” va “Aluston-YuBK” jamoalarida to‘p surgan.
Izoh (0)