Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yil 15-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Oliy Majlis Senati

Foto: Oliy Majlis Senati

Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasiga doir murojaati ko‘rib chiqildi.

Majlisda Oliy Majlis palatalari Kengashlarining 2022-yil iyul oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Komissiya tarkibi va Komissiya to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari va xalq deputatlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlari kiritildi.

Komissiyaga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili F.Eshmatova zimmasiga yuklatildi.

Foto: Oliy Majlis Senati

Foto: Oliy Majlis Senati

O‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilinadi va O‘zbekiston jamoatchiligi va jahon hamjamiyatiga yetkaziladi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma majlisi o‘z ishini yakunladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi