Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” “Lids” yarim himoyachisi Rafinya bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Klublar 25 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishib oldi, endi Rafinya tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘ladi.

Braziliyalik “ko‘k-anorranglilar” bilan 2027-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

“Lids” futbolchi uchun 58 million yevro olishi kafolatlangani, yana 7 million bonus sifatida to‘lab berilishi ma’lum bo‘lgandi.

Vinger ortda qolgan mavsum APLda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi