Floridada 17 yoshli qiz akula hujumidan keyin tirik qoldi, ammo shifokorlar uning jarohatlangan oyog‘ini kesib tashlashga majbur bo‘ldi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Betei Eddison Kiton-Bichda taxminan 1,5 metr chuqurlikda suzayotganida, unga og‘irligi to‘rt kilogrammdan sal ko‘proq bo‘lgan kichik akula hujum qilgan. Qiz qarshilik ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan, ammo dengiz yirtqichi uning tizzasidan yuqori qismini qattiq jarohatlagan. O‘smirning hayotini saqlab qolish uchun shifokorlar jarohatlangan a’zoni amputatsiya qilishga majbur bo‘ldi.
“Bu Eddison uchun imkoni bo‘lgan eng yaxshi ssenariy va uni iloji boricha normal hayotga qaytarishning eng yaxshi variantidir”, — dedi onasi.
Shu bilan birga, Florida baliq va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish komissiyasining xabar berishicha, akulalar hujumi kam uchraydi, shtatda odamni chaqmoq urishi ehtimoli akula hujumi ehtimolidan 30 baravar yuqori.
Avvalroq Misrda ikki ayol akula hujumi qurboni bo‘lgan edi. 1-iyul kuni dengiz yirtqichi Avstriya fuqarosiga hujum qilgan. Akula uning qo‘li va oyog‘ini uzib olgan, ayol qon yo‘qotishdan vafot etdi. 3-iyul kuni esa ikkinchi qurbon haqida xabar berildi.