Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 30-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: PFL

Foto: PFL

“Nasaf” o‘z maydonida “Olimpik” bilan bahs yuritdi. Uchrashuv 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Nasaf”ning gollariga Sharof Muhiddinov va Marko Stanoyevich mualliflik qildi. Serbiyalik legioner penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, Muhiddinov chamasi 40 metr uzoqlikdan jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.

“Olimpik”ning gollariga Po‘latxo‘ja Xoldorxonov va Muhammadqodir Hamraliyev mualliflik qildi.

“Lokomotiv” “Metallurg” maydoniga safar qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindagi har ikkala gol ham qo‘shimcha daqiqalarda kiritildi.

Ushbu o‘yinlardan keyin Superliga musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Superliga

13-tur bahslari

30-iyun, payshanba

“Nasaf” — “Olimpik” 2:2

Gollar: 1:0 — 3 Muhiddinov, 1:1 — 61 Xoldorxonov, 1:2 — 70 Hamraliyev, 2:2 — 76 Stanoyevich.

“Nasaf”: 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev 2.Alibek Davronov, 21), 7.Sharof Muhiddinov (34.Sherzod Nasrullayev, 57), 8.Dilshod Saitov (9.Ivan Solovyov, 72), 17.Suhrob Nurulloyev, 18.Bahrom Abdurahimov (20.Shahzod Akramov, 46), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umarbek Eshmurodov.

“Olimpik”: 1.Shukron Yo‘ldoshev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Bekzod Shamsiyev, 7.Ruslanbek Jiyanov ( 99.Muhammadali G‘iyosov, 86), 10.Farruxbek Muxtorov (22.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 51), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev ( 47.Humoyun Sherbo‘tayev, 86), 19.Dostonbek Tursunov, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 37.Alisher Odilov (9.Temur Mamasiddiqov, 66), 70.Abubakrrizo Turdialiyev (77.Davron Anvarov, 66).

Ogohlantirishlar: Marko Stanoyevich (17), Ivan Solovyov (84).

“Metallurg” — “Lokomotiv” 1:1

Gollar: 0:1 — 90+4 Abdurahmonov, 1:1 — 90+5 pen Temirov.

“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 8.Salamat Quttiboyev, 9.Zabihillo O‘rinboyev (16.Jasur Xolto‘rayev, 83), 11.Damir Temirov, 14.Abror Toshqo‘ziyev, 18.Fozil Musayev, 22.Shahzodbek G‘ofurbekov, 25.Shahzodjon Ne’matjonov (7.Islom Isoqjonov, 67), 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 80.Farrux Ibrohimov.

“Lokomotiv”: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islomjon Qobilov, 6.Alisher Salimov (20.Jaloliddin Jumaboyev, 78), 8.Nurmuhammad Toshpo‘latov, 9.Javohir Alijonov (18.Ali Abdurahmonov, 74), 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 21.G‘ulom-Haydar G‘ulomov (22.Muhammadanas Hasanov, 64), 27.Islom Rashidxonov (24.Sherzod Komilov, 78), 34.Anvarjon Alijonov (19.Etame Jerome, 64), 44.Samuel Opex.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Sahnada Ravshan Namozov kuylaydi, deb joni uzildi”. Marhum xonandaning rafiqasi bilan uning 21 yillik “zapret”dagi hayoti hamda armonlari haqida suhbat
Dunyo
Gaitida gumanitar falokat e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston banklarida omonatlar: ular qanchalik kafolatlangan?