Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Gulnora Karimovaga aloqador hashamatli ko‘chmas mulk, u va sheriklari qamoqxonada bo‘lsa-da, 285 foizlik foyda bilan sotilgan. Bu haqda The Globe and Mail nashri ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, Gonkongning eng qimmat hududida joylashgan The Arch majmuasidagi pentxaus 2008-yilda Gulnora Karimovaga tegishli kompaniya tomonidan 36,6 million dollarga sotib olingan.

Keyinroq uy, Karimovaning ko‘plab bizneslariga sherik bo‘lgan, “Dado” guruhi sobiq solisti Rustam Madumarovga sotilgan. 2016-yilda, Gulnora Karimova va Rustam Madumarov qamoqda bo‘lgan paytda bu pentxaus 68,4 million dollarga, 285 lik foyda bilan yana sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 18-martda Toshkent shahar sudi hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Jazo muddatini 2015-yil 21-avgustdan boshlab hisoblash belgilangan.

2019-yil mart oyida AQSh Gulnora Karimova va “O‘zdunrobita”ning sobiq bosh direktori Behzod Ahmedovni korrupsiya va 865 million dollardan ko‘proq pulni “yuvgan”likda ayblagandi. 24-iyunda esa Shveysariya Bosh prokuraturasi Karimova ishi bo‘yicha muzlatilgan 130 million shveysar kronasi (133,7 million dollar) miqdoridagi mablag‘ni O‘zbekistonga qaytarishini ma’lum qilgandi.

2020-yilning sentabrga kelib, Shveysariya hukumati musodara qilingan pul mablag‘larini O‘zbekistonga qaytarish shartlari bo‘yicha mamlakat hukumatlari kelishuvga erishganini ma’lum qildi. O‘shanda Karimovaning Shveysariyadagi hisoblaridan olingan 131 million dollarlik mablag‘ O‘zbekistonga qaytarilishi aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda