Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong “Manchester Yunayted”ga o‘tishni istamaydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Diario Sport nashrining yozishicha, xavbek mankunianliklarning taklifini rad etgan va “ko‘k-anorranglilar” safida qolishni xohlamoqda. Frenki bu haqida ikkala jamoa vakillariga ham xabar qilgan.

Barcha uni “Barselona”dan ketishga undayotgani de Yongga yoqmayapti.

Frenkining ketishi “Barselona” uchun judayam zarur, uning transferi yangi futbolchilarni olib kelinishiga yo‘l ochadi. Undan tashqari shartnomaga ko‘ra, uning jamoadagi to‘rtinchi yilidan boshlab maoshi sezilarli darajada oshadi. Kataloniyaliklar esa bu xarajatlarni ko‘tara olmaydi.

Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” yozda o‘ndan ortiq futbolchisi bilan, jumladan, Frenki bilan ham xayrlashishga tayyorligi xabar qilingandi. “Manchester Yunayted” yarim himoyachi uchun 80 million yevro to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘lgandi.

Niderlandiyalik futbolchi 2021/22-yilgi mavsumda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Mahalliy
O‘zbekiston davlat xizmatlari sohasida qariyb 100 mingta qonunbuzilish holati aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi oldidan suv tarmoqlarini sozlash ishlari qanday ketayotgani aytildi