Garet Beylning “Los-Anjeles”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Uelslik futbolchi MLS klubi bilan yana 18 oyga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan bir yillik shartnoma imzoladi.
Kaliforniya jamoasida Beyl yiliga 1,6 million dollar maosh oladi. Taqqoslash uchun Garet “Real”da yiliga 20,3 million dollar maosh olardi, deya xabar qilmoqda Marca nashri.
Garet “Real”ni erkin agent sifatida tark etdi. “Real” Beylni 2013-yilning yozida 100 million yevro evaziga “Tottenhem”dan sotib olgandi. 32 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar” safida 5 marta Chempionlar Ligasi, 3 marta Ispaniya chempionligi, jami 19 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)