Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dzyudo hamda qo‘l jangi sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorlari qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan an’anaviy tarzda dzyudo sport turi bo‘yicha O‘zbekistonda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:

  • kattalar o‘rtasida “Katta dubulg‘a” xalqaro turniri;
Osiyo chempionati g‘olibi va Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida xalqaro turnir;
  • maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq ta’limi vaziri kubogi”;
  • o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari o‘rtasida “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri kubogi”;
Qurolli Kuchlar tizimida “Mudofaa vaziri kubogi”;
  • 2024—2025-yillarda harbiylar o‘rtasida Jahon chempionati.
  • Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari (dzyudo maktablari) davlat sport-ta’limi muassasasi sifatida tashkil etiladi.
Dzyudo maktablariga o‘qishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta’lim olish muddati 7 yil etib belgilanadi.

2023-yil 1-yanvardan:

  • umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish bo‘yicha “Bolalar uchun dzyudo” dasturi;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Maktabgacha dzyudo” loyihasi joriy qilinadi.
2023-yildan dzyudoni o‘quvchilar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha tanlangan maktablarni o‘quv qo‘llanma, tatami, aksessuar va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash uchun har yili 5 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi.

“Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallarida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi huzuridagi Dzyudo sport klubining filiallari tashkil etiladi. O‘zbekiston Milliy universitetida 2022/2023-o‘quv yilidan “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida O‘zbekiston dzyudo akademiyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, 2023-yildan an’anaviy tarzda qo‘l jangi sport turi bo‘yicha:

  • har yili Toshkent shahrida 14-yanvar ‒ Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Qurolli Kuchlar chempionati hamda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlik va jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bag‘ishlangan Xotira turniri tashkil etiladi;
  • har yili Namangan shahrida professional sportchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti kubogi” xalqaro turniri o‘tkaziladi;
  • har ikki yilda bir marotaba Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida yoshlar o‘rtasida “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Krishtianu Ronaldu terma jamoalar miqyosida ikkita tarixiy rekord qayd etdi
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor bolaga murojaat qilinganidan qat’i nazar nafaqa tayinlanadi
Mahalliy
O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda