Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saraton kasalligiga genetik moyilligi bor insonlar turmush tarziga va ayniqsa, nima iste’mol qilayotganiga e’tibor berishi kerak. Marie Claire nashri saraton xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Spirtli ichimliklar

2012-yilda Klinik Onkologiya jurnali tadqiqotlardan birini nashr etdi, unga ko‘ra dunyodagi barcha yangi saraton holatlarining 5,5 foizi spirtli ichimlik bilan bog‘liq. Agar saraton kasalligiga genetik moyillik bo‘lsa, spirtli ichimliklardan butunlay voz kechgan ma’qul.

Qizil go‘sht

Yana bir olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, qizil go‘shtni muntazam iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni xavfini oshiradi. Agar qarindoshlardan birortasi bu yoki boshqa saraton kasalligiga chalingan bo‘lsa, ratsionda mol va boshqa turdagi qizil go‘shtni cheklashga harakat qilish lozim.

Soya sousi

Bir osh qoshiq soya sousida 1000 milligrammgacha natriy bo‘lishi mumkin. Bu natriyni ortiqcha iste’mol qilish, o‘z navbatida, oshqozon saratonining keng tarqalgan sababidir. Xuddi shu sababga ko‘ra, barcha haddan tashqari sho‘r ovqatlar va ichimliklardan voz kechish tavsiya etiladi.

Sut mahsulotlari

Milliy saraton instituti ma’lumotlariga ko‘ra, kalsiyga boy ratsion prostata saratoni rivojlanish xavfini oshiradi. Shuningdek, Garvard shifokorlarining maxsus tadqiqoti mavjud bo‘lib, u kuniga 2-3 porsiya sut mahsulotlarini iste’mol qilish prostata saratoni bilan kasallanishni 34 foizga oshirishini isbotladi. Bundan tashqari, sut mahsulotlari tuxumdon saratoni xavfini oshirishi bilan bog‘liq ilmiy dalillar mavjud.

Tuxum

Saraton oldini olish tadqiqoti ma’lumoltariga ko‘ra, haftada kamida uchta tuxum iste’mol qilgan erkaklar prostata saratoni xavfini 81 foizga oshiradi.

Kartoshka fri

“Uzoq qovurilgan mahsulotlarda kanserogen birikmalarni paydo bo‘lishi mumkin”, — deydi ovqatlanish mutaxassisi Liza Richards. Kanserogenlar saratonni keltirib chiqaradigan moddalardir”.

Shirinliklar

Shakar va tozalangan uglevodlar saraton xavfini oshiradigan mahsulotlardir. Pishiriqlar esa ikkalasiga ham ega. Shuning uchun saraton kasalligiga moyil bo‘lgan odamlar uchun shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Qahva

Olimlar hali ham qahva saraton xavfini oshiradimi yoki yo‘qligini aniq bilmaydi. Shifokorlar qahvani ratsiondan butunlay chiqarib tashlashni talab qilmaydi. Shunchaki saraton kasalligiga moyil bo‘lgan odamlar uchun haftasiga shakarsiz va sut qo‘shimchalarisiz 2-3 stkan qahva yetarli bo‘ladi.

Gazli ichimliklar

Eng mashhur gazlangan ichimliklar haqiqiy shakarning manbai hisoblanadi. Shakar esa, o‘z navbatida, ko‘krak, yo‘g‘on ichak, endometriya, qizilo‘ngach, o‘t pufagi, oshqozon, buyrak, jigar, tuxumdon, oshqozon osti bezi, to‘g‘ri ichak va qalqonsimon bez kabi saratonning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi