Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistondagi 61 ta dehqon bozorida sanitariya qoidalari va gigiyena normativlarga rioya etilmagani aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha 73 nafar mansabdor va javobgar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun hududiy sudlarga yuborilgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan 72 nafar sotuvchi aniqlanib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari tashkil etilgan.

Shuningdek, go‘sht, sut, qandolat, salat va non mahsulotlarini savdo rastalaridan tashqarida, aravachalarda, maxsus kiyimlarsiz, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan, sanitariya qoidalariga zid ravishda savdo qilayotgan 158 nafar fuqaroga ma’muriy bayonnoma tuzilib, o‘rnatilgan tartibda jarimaga tortilgan.

Sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan, organoleptik ko‘rsatgichlari bo‘yicha normalarga javob bermaydigan 440 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari savdosi taqiqlanib, o‘rnatilgan tartibda brakovka qilingan

Bundan tashqari, respublikadagi 30 ta dehqon bozorida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tashkil etilmagani aniqlangan. Jumladan, Samarqand viloyatida 53 ta dehqon bozordan 9 tasida, Jizzax viloyatida 23 ta dehqon bozori bo‘lib shundan 7 tasida, Farg‘ona viloyatida esa 24 ta dehqon bozoridan 3 tasida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mavjud emas.

Bundan avval ushbu muntazam YPX maskanida salkam 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht olib o‘tilishiga chek qo‘yilgandi. Shuningdek, kelib chiqishi noma’lum 830 kilo go‘sht mahsulotlarini olib ketayotgan Cobalt, yana bir mashinada esa kasal bo‘lib so‘yilgan 700 kilogrammga yaqin chorva mollari go‘shti Qashqadaryodan Toshkentga olib kirilayotganda to‘xtatib qolingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...