Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Facebook’dagi sahifasida davlatning axborot erkinligiga to‘sqinlik qilishi nimalarga olib kelishi borasida fikrlarini bayon qildi.

Foto: Facebook / Kamoliddin Rabbimov

Foto: Facebook / Kamoliddin Rabbimov

Kamoliddin Rabbimovning yozishicha, hozirda davlat axborotni o‘rganish va muammoga yechim izlashdan ko‘ra, uni berkitishni oson yo‘l deb biladi.

“O‘zbekistonda axborot erkinligini — davlatning qudratini oshiruvchi vosita sifatida emas, aksincha, davlatga muammo shakllantiruvchi omil sifatida ko‘rish, hali ham yuqori. Sababi oddiy: axborot erkinligi, erkin va jo‘shqin OAVlari, jamiyatning ijtimoiy faolligini oshiradi. Jumladan, ma’lum ijtimoiy qatlamlarning noroziligini kanallashtiradi. Davlat esa, bu ijtimoiy noroziliklarni tezda kanallashtirishni, bu noroziliklarni davlat uchun legitimlikka o‘girishni, hali eplay olmayapti. Byurokratiya mo‘rt. Xavfsizlik sektori mexanik fikrlaydi. Axborotni o‘rganish va muammoga yechim izlashdan ko‘ra, uni yopishni, berkitishni oson yo‘l deb biladi. Intellektual ishlashdan ko‘ra, osongina man qilish qulay.

Davlat ham tushunadiki, erkin axborot oqimi — davlatning geosiyosiy mustaqilligi uchun katta zarurat. Ichki siyosatda esa, muammolarni anglash va ularga yechim izlash — siyosiy tizimni sog‘lomlashtiradi, muammolarni “ichkariga o‘tib ketishiga” imkon bermaydi, ijtimoiy portlashlarni oldini oladi. Axborot erkinligi “tegib turilar” ekan, kimlardir “muvozanat qilyapmiz” deb o‘ylashlari mumkin. Lekin, bu aslida muvozanat emas. Axborot erkinligi va OAVlari faoliyatiga tegish kerak emas. Aksincha, jamiyat bilan ishlashni biladigan byurokratiya va davlat tizimini shakllantirishni tezlashtirish kerak.

Bundan keyin, axborot doim erkin bo‘ladi. Tanqidiy axborot, yoki davlat institutlari va mamlakatdagi OAVlari orqali oqadi, yoki davlat institutlariga qarshi, tashqi OAVlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kanallashaveradi. Ya’ni, axborotlar davlat orqali oqib o‘tadi va bunda davlat zaiflashayotgandek ko‘rinsa-da, aslida, kuchayib boradi. Yoki davlatdan tashqarida oqa boshlaydi. Va bunda bamisoli davlat vaziyatni nazorat qilayotgandek ko‘rinadi, aslida, davlat zaiflashib boradi va yutqazadi”, — deb yozgan siyosatshunos.

Avvalroq “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan tuziladigan So‘z erkinligi indeksining 2022-yilgi reytingida O‘zbekiston 133-o‘rinni egallagani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi