Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya qo‘mitasi va “Qoraqalpog‘iston ekologiyasi” gazetasi tomonidan ekojurnalist va blogerlar uchun mediatur tashkil etildi. “Daryo” muxbiri ham uch kun davomida hududning bir qancha nuqtalarida bo‘lib, reportaj tayyorladi.

Mediatur mobaynida OAV vakillari 2020-yili tashkil etilgan “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i tarkibiga kiruvchi Qoplonqir chinkida ham bo‘ldi. Qo‘ng‘irot tumani hududidagi Qoplonqir chinki O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida joylashgan. Ushbu manzilga borish uchun Nukus xalqaro aeroportidan 420 kilometr masofani bosib o‘tish kerak.

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Foto: Davronbek Tojialiyev

Qoraqalpog‘istonlik jurnalist Esimxon Qanoatovning qayd etishicha, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ining umumiy maydoni 1 447 143 gektar bo‘lib, bu joylar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomiga ega. Bu yerga ilmiy maqsadlar uchun maxsus ruxsatnoma bilan kirish mumkin. Sayyoh sifatida tashrif buyurish esa taqiqlangan.

“Qoplonqir Ustyurtning janubida joylashgan. Qoplonqir chinki O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida shimol-g‘arbdan janubga qarab 190 kilometrga cho‘zilgan.

Mazkur hudud ko‘rinishi jihatidan ajralib turadi, baland-baland chinklar, bepoyon kengliklari ko‘rgan insonlarni o‘ziga mahliyo etadi. “Qoplonqir” deya nomlanishiga sabab bu yerlarda o‘tgan asrning 30-40-yillarida qoplonlar yashagan. Ular terisi uchun ovlanib, bugungi kungacha qirilib ketgan.

Turkmanistonda Qoplonqir qo‘riqxonasi faoliyat ko‘rsatadi. U Ustyurt platosining janubiy chekkasida, Turkmanistonning shimolidagi Toshovuz viloyatida joylashgan. Qo‘riqxona 1979-yilda mahalliy o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va tiklash uchun yaratilgan. U birinchi navbatda, Ustyurt tog‘ qo‘ylari, jayroni va Shimoliy Turkmaniston hayvonot dunyosining boshqa vakillarini himoya qilish va tiklash uchun tashkil etilgan”, — deydi Esimxon Qanoatov.

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Foto: Nargis Qosimova

Safarimiz davomida jayronlar, qulonlar va toshbaqalarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik.

Mirolim Isajonov,

Toshkent—Qoraqalpog‘iston—Toshkent

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri