Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda 2 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 3-iyun kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Tog‘li va chegaradosh hududlardagi tezkor bo‘linmalari hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 42 yoshli Tojikiston fuqarosi Tayloq tumani “Galabotir” MFY hududida 2 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini ikki nafar fuqaroga 30 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda 20 kg opiyni 140 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlangani, O‘zbekistonda Tojikistondan keltirgan giyohvand moddalarni sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, Surxondaryoda xizmat iti vagon g‘ildiragiga yashirilgan 1,7 kilogramm giyohvand moddalarni aniqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Sudda bodikamera yozuvlari ko‘rilmagan, blogerlar shundan norozi”. Qashqadaryoda 5 sutkaga qamalgan faollar ishi bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlanmoqda
Mahalliy
Amrillo Inoyatov O‘zbekistondagi tug‘uruq komplekslari faoliyatini tanqid qildi
Mahalliy
Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilmagan. Sotuvda yo‘q ushbu avtomobillar qayerga “ketayotgani” maʼlum qilindi