Kanada terma jamoasi futbolchilari federatsiya bilan moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli o‘rtoqlik o‘yiniga boykot e’lon qildi.
5-iyun kuni Kanada termasi Panama bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi kerak edi, ammo boykot tufayli uchrashuv bekor qilindi. Shuningdek, kanadaliklar 3 va 4-iyun kungi mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan ham bosh tortgan.
Kanadalik futbolchilar qo‘yayotgan talablar — Jahon Chempionatidagi ishtirok uchun olinadigan mukofot pulining 40 foiz qismi, oila a’zolari va do‘stlar uchun JCh—2022 ga sayohat paketi, ayollar terma jamoasining maoshlari erkaklar jamoasiniki bilan tenglashtirilishi.
Hozirda Kanada futbol federatsiyasi futbolchilar bilan ularning talablari borasida muzokara o‘tkazmoqda.