Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevropa mintaqasida JCh—2022 saralashi pley-offining yarim finalida Shotlandiya 1-iyun, chorshanba kuni Ukraina bilan bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 33-daqiqasida Andrey Yarmolenko hisobni ochdi. 49-daqiqada Roman Yaremchuk ukrainaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

79-daqiqada Shotlandiya futbolchisi Kallum Makgregor gol urib, hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘ngida Artyom Dovbik yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:3.

Ukraina ushbu g‘alabadan so‘ng Avstriyani mag‘lub etgan Uels bilan o‘tish o‘yinlari finalida to‘qnash keladi. Terma jamoalar o‘rtasidagi final 5-iyun kuni “Kardiff Siti Stedium”da bo‘lib o‘tadi.

JCh—2022 saralashi

Pley-off, yarim final bahsi

1-iyun, chorshanba

Shotlandiya — Ukraina 1:3

Goli: 0:1 – 33 Yarmolenko, 0:2 – 49 Yaremchuk, 1:2 – 79 Makgregor, 1:3 — 90+5 Dovbik.

Shotlandiya: Gordon, Hiki, Kuper (Hendri, 67), Henli, Maktomini, Robertson, Makgregor, Makginn, Gilmor (Armstrong, 68), Adams, Dayks (Kristi, 46).

Ukraina: Bushan, Karavaev, Matvienko, Zabarniy, Mikolenko, Yarmolenko (Zubkov, 79), Sigankov (Mudrik, 72), Stepanenko (Sidorchuk, 90+4), Malinovskiy (Shaparenko, 72), Zinchenko, Yaremchuk (Dovbik, 78).

Ogohlantirishlar: Yaremchuk (5), Malinovskiy (11), Dayks (44), Makginn (59), Shaparenko (84).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)