Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida qalbaki pulga “ZIL” olmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahri Qo‘shtepa tumani Obod ko‘chasida yashovchi X.X. “ZIL-130” yuk mashinasini sotmoqchi bo‘lgan. Tumanning “Xalqobod” mahallasida yashovchi R.G‘. uning ishonchiga kirib, avtomashinasini 10 ming dollarga sotishga yordam berishini va xaridor topganini aytgan.
Unga xaridordan olgan 10 ming dollarni bergan vaqtida pullar qalbaki ekani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Avvalroq Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olingani, Andijonda qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh ushlangani, Farg‘onada 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuraga dorixonadan dori sotib olgan ayol qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan.
Mavzuga doir:
- Toshkentda qalbaki 5 ming dollarni muomalaga kiritayotgan shaxslar ushlandi
- Surxondaryoda qalbaki “Al-Hadaya” va “Androgard” mahsulotlarini tayyorlab, 40 mln so‘mga sotgan fuqaro ushlandi
- Soxta pasportlar bilan Toshkent orqali Londonga bormoqchi bo‘lgan 8 nafar Shri-Lanka fuqarosiga sud hukmi o‘qildi
Izoh (0)