Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da qishloq xo‘jaligi xodimlari daromadini kamida ikki barobarga oshirish maqsad qilingan. Bu haqda Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Eldor Tulyakovning aytishicha, fermer va dehqon xo‘jaliklari daromadlarining ortishi aholi daromadi o‘sishiga ta’sir qiladi.
Har birimizga taalluqli bo‘lgan masala, bu aholi daromadlarini oshirish. Aholining ko‘pchilik qismi qishloq xo‘jaligida, xususan, chorvachilik yoki fermer xo‘jaliklarida mehnat qilmoqda. Ularning daromadini kamida ikki barobarga oshirish “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da maqsad qilingan. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadlari oshganidan keyin aholining ham daromadi ko‘tariladi.

Eldor Tulyakov

Eldor Tulyakov
“Daryo“ / Dilruh Isomiddinova

Eldor Tulyakovning ta’kidlashicha, 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyada davlat xizmatlari ko‘rsatishni 100 foiz elektronlashtirish belgilangan.

“Bu aholi o‘zining uyidan turib turli masalalarni davlat bilan hal qila oladi degani. Buning eng afzal jihati – tezkorlikda. Ya’ni masalalarni kimningdir qosh-qovog‘iga qarab o‘tirmasdan, inson omilisiz bajarish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, strategiyada maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari sonini oshirish belgilab qo‘yilgan”, – dedi markaz rahbari.

Avvalroq Eldor Tulyakov “Harakatlar strategiyasi”da bajarilmagan ma’lum bir bandlar “Taraqqiyot strategiyasi”ga o‘tkazilganini aytgandi. Xususan, u “Harakatlar strategiyasi”da hokimlarni saylash masalasiga bir necha bor to‘xtalib o‘tilgani, lekin bu vazifa bajarilmaganini, shu sababli mazkur band “Taraqqiyot strategiyasi”ga o‘tkazilganini takidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi