• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dunyoni suv bosganidan beri kuzatilmagan larzalar”, viloyatdan respublikaga aylangan Qoraqalpog‘istonga alangali salom, “shumidi hali amerikacha hayot?!”. O‘zbek matbuoti 24-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 1932-yil 24-may, seshanba

    RSFSR tarkibidagi Qoraqalpoq avtonom viloyati 1932-yil martida Qoraqalpog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirilgan. Yaqin vaqt ichida Qoraqalpog‘iston sovetlarining birinchi ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tishi kerak. Shu munosabat bilan “O‘zbekiston sho‘rolarining markaziy ijroiya qo‘mitasi sotsialist sho‘ro Qoraqalpog‘istoniga uning muxtoriyatli viloyatdan muxtoriyatli sho‘ro sotsialist jumhuriyatiga aylanishi munosabati bilan alangali salom” yo‘llagan. “RSFSR hukumatining shu to‘g‘rida, Qoraqalpog‘iston mehnatkashlarining irodasiga asoslanib chiqargan qarori katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, millatlarning istiqlol huquqini asos qilib qo‘ygan Lenin milliy siyosatining to‘g‘ri ekanini yana bir martaba ta’kidlaydi”, — deyiladi O‘zSSRning “alanlagi salomi”da.

    “Rim papasi yangi murojaat bilan chiqib, To‘fon zamonidan buyon yer yuzi bunchalik umumiy moddiy va ma’naviy larzalarni kechirmagan edi, deydi. Papa dinga ishonuvchilarning kommunistlarga qarshi birlashgan frontini tuzishga va ularga qarshi butun choralar bilan kurashuvga chaqiradi”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston”ning xorij yangiliklari bo‘limida berilgan “Rim papasi yangidan quturdi” xabarida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 24-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 24-may sonidan lavha

    “Badriddinovchilar sudi”ga doir yangi tafsilotlar:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 24-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 24-may sonidan lavha

    60 yil avval. 1962-yil 24-may, payshanba

    “Qizil O‘zbekiston”ning bu kungi soni bosh sahifasi SSSRga tashrif bilan kelgan Mali prezidenti Modibo Keyta boshliq delegatsiya bilan Moskvada o‘tgan uchrashuvlar tafsilotiga bag‘ishlangan. Mali prezidenti O‘zbekistonga ham alohida kelishi kutilmoqda, shu bois gazetalarda Mali o‘zi qanaqa davlat, Modibo Keyta kim — shunday savollarga javob beruvchi materiallar berilgan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    Toshkentda yaqin vaqt ichida milliy maktablarda rus tilini o‘qitish masalalariga bag‘ishlangan respublikalararo ikkinchi konferensiya bo‘lib o‘tadi. Markaziy gazetalarda shu tadbirga bag‘ishlangan maqolalar berib borilmoqda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) o‘qituvchisi K.Nazarovning “Ikkinchi ona tilimiz” sarlavhali materialida shunday deyiladi: “Rus tili — eng rivojlangan, takomillashgan til... Bu o‘rinda rus grafikasining milliy tillar taraqqiyotiga ko‘rsatgan samarali ta’sirini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. O‘zbek yozuvining rus grafikasi sistemasidagi yozuvga ko‘chishi ijobiy natijalar berdi: ikki tilni bir-biriga yaqinlashtirdi, ayniqsa, tillarni o‘rganish va savodxonlikni oshirishni osonlashtirdi... Rus tiliga qiziqish, avvalo, rus tilini sevish, undan ko‘p narsani bilish hamda unga bo‘lgan hurmat va muhabbat tufayli tug‘ilgandir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavhav

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavhav

    25-mayda so‘nggi qo‘ng‘iroq, ammo har doim ham bunday bo‘lmagan (yoki shunday bo‘lsa-da, so‘nggi qo‘ng‘iroqdan keyin ham darslar davom etavergan). O‘zSSR Maorif ministrligi (hozirgi Xalq ta’limi vazirligi) maktablarda mashg‘ulotlarni tamomlashning 1962-yilgi muddatlarini belgilagan. Masalan, shaharlardagi maktablarning 1—7-sinf o‘quvchilari uchun o‘qish 31-mayda tugaydi, 8—9-sinflar uchun esa 26-mayda tugaydi, ammo undan keyin, 14-iyunga qadar o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti bor. Xullas, maktablarning turiga qarab, o‘qishning tugash vaqti ham xilma-xil:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    Doimgi mavzu — qishloq xo‘jaligiga qaytamiz. “Dala shiyponlari shu vaqtgacha jihozlangan emas. Kolxozchilarga dalada issiq ovqat qilib berilmaydi. Bolalar bog‘chalari va yaslilar yaxshi ishlamaydi. Buning natijasida yosh bolali ayollar dala ishlariga aktiv qatnasha olmayotirlar”, — deyiladi “Sariosiyoda ish yomon” materialida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”ning keyingi sahifasida Amerikadagi ahvolni “fosh etuvchi” sharh berilgan. Unda, jumladan, shunday deyiladi: “Kaliforniya shtatida jaziramada 10—12 soatlab ishlash orqasida dehqonlar ko‘p kasal bo‘lmoqda. Bu yerda bolalarning mehnat xavfsizligi ta’minlanmagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu shtatda har yili 500 ga yaqin bola mayib bo‘ladi, ayollar o‘z chaqaloqlarini dala chetida taxta yashiklarga yotqizib qo‘yib ishlashga majburlar. Mana, amerikacha hayot! Mana, ‘erkinlik’ va ‘tenglik’ dunyosida kishilarga ko‘rsatilayotgan ‘g‘amxo‘rlik’”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    Gazetaning bu sonida yana Toshkentdagi ajrashayotganlar haqida e’lonlar berilgan — kim xohlasa, ko‘rsatilgan sud manziliga borib, oilalar nega ajrashayotganini bevosita kuzatishi mumkin.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 24-may sonidan lavha

    30 yil avval. 1992-yil 24-may, yakshanba

    1992-yil 24-may kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

    Mavzuga doir:

    • AQShning xatti-harakatlarini la’natlagan Toshkent jurnalistlari, Namanganni qo‘rquvda ushlab turgan “Adolat”, “paxta — nonimizdir”. O‘zbek matbuoti 23-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Buxoroda qurbaqa yomg‘iri, “poraxo‘rlik va besoqolbozlikda ayblangan” muxbirlar, AQShning kuchi SSSRniki bilan tengligini tan olgan Xrushchyov. O‘zbek matbuoti 22-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Chigirtkalarga foyda keltirayotgan O‘zbekiston—Tojikiston “janjali”, “Surxon daryo bo‘lib buncha suvni ko‘rmagan”, “avtomobilsozlik sanoatimiz bo‘lmasa, rivojlanmaymiz”. O‘zbek matbuoti 21-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    24.05.2022, 07:30   Izoh (0)   28744
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.