Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Poytaxtning Shayxontohur tumanida bankomatni buzmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati

Foto: Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati

Ma’lum qilinishicha, 13-may kuni soat 01:05 da tumanning Furqat ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Ravnaq bank” Shayxontohur filialida xizmat olib borayotgan safdor D.Temirov tomonidan belgilangan hudud video kuzatuv kamerasi orqali nazorat qilinayotgan vaqtda noma’lum shaxs bankomat chiroqlarini o‘chirib, simlarni uzayotgani aniqlangan va zudlik bilan “tashvish” tugmasi bosilgan.

Kelib tushgan “tashvish” xabariga ko‘ra, tezkorlik bilan qo‘riqlash xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelib, noma’lum shaxs bankomat simlarini uzayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari Shayxontohur tumandagi 2-sonli IIB tomonidan olib borilmoqda.

Bundan oldin Toshkentda 27 yoshli shaxs to‘lov infokioskini Nexia’siga ortib, o‘g‘irlab ketgani, Farg‘onada 18 yoshli yigit bankomatni buzayotganida qo‘lga tushgani, Andijonda bankomatni buzib, undagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)