So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Kanndagi O‘zbekiston Milliy pavilyoni yangi loyihalar muhokamasi markaziga aylandi

    20.05.2022, 16:21 8251

    Shu kunlarda 75-Xalqaro Kann kinofestivali davom etmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Milliy pavilyoni uchinchi bor ishtirok etmoqda. Kann kinofestivali yildan yilga turli mamlakatlarning kino mutaxassislarini muntazam birlashtirib kelmoqda.

    Festival mehmonlari 18-maydan 22-mayga qadar dunyodagi eng taniqli va yirik kino bozori – mashhur Kruazet qirg‘og‘ida muntazam o‘tkaziladigan Marché Du Filmda ochilgan O‘zbekiston pavilyoniga tashrif buyurish imkoniyatiga ega. Uning yonida qolgan davlatlar, jumladan, AQSh, Xitoy, Avstriya va boshqa mamlakatlarning milliy pavilyonlari joylashgan.

    Ushbu maydoncha yangi loyihalar bilan tanishish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, respublikamizda filmlar va media mahsulotlarni suratga olishda butun dunyodan prodyuser va rejissyorlarni jalb qilish imkonini beradi.

    O‘zbekiston betakror tarixiy obidalari, o‘ziga xos tarixi va madaniyatiga ega mamlakat sifatida kino san’ati vakillarida qiziqish uyg‘otishi mumkin. O‘zbekistonda avval ham xorijlik tomoshabinlar uchun bir qator teledasturlar suratga olingan. O‘zbekistonning Kann festivalida ishtirok etishi, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakat imiji shakllanishiga xizmat qiladi.

    Har bir davlat rejissyor va prodyuserlarga suratga olish uchun o‘ziga xos shart-sharoitlarni taklif qilishga intilmoqda. Bu yil O‘zbekiston mamlakatda suratga olish istagida bo‘lgan kinokompaniya va telekanallar xarajatlarining bir qismini qoplab berish taklifi bilan chiqmoqda. Professionallar hamjamiyatida bu taklif qiziqish uyg‘otib, pavilyon ishining dastlabki kunidanoq faol muzokaralar boshlanib ketdi.

    Xususan, kelib chiqishi Erondan bo‘lgan kanadalik taniqli rejissyor Mustafo Keshvari O‘zbekiston maydonchasiga tashrif buyurib, mamlakatda film suratga olish imkoniyatlarini muhokama qildi. 2019-yilgi Kann kinofestivalida uning “Child Bride” qisqa metrajli filmi premyerasi bo‘lib o‘tgandi. Keshvarining filmlari bir necha bor nufuzli kinomukofotlarga munosib ko‘rilgan. Mustafo Keshvari so‘nggi olti oydan buyon Umar Xayyom haqidagi film ustida ishlamoqda. O‘zbekiston Milliy pavilyonida xorijlik rejissyor va O‘zbekiston Milliy PR markazi bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida uning joriy yil iyul oyida Buxoro va Qoraqalpog‘istonga joy tanlash masalasida tashrif buyurishi haqida kelishuvga erishildi. Suratga olish ishlari 2022-yilning sentabriga rejalashtirilmoqda.

    O‘zbekistonning Kann shahridagi Milliy pavilyoniga Gongkong kinoyarmarkasi – “Hong Kong Film Mart” vakili Mishel Jurdan (Michel Jourdan) ham tashrif buyurdi. U bilan mart oyida o‘tkaziladigan Gonkong kinoyarmarkasida O‘zbekiston Milliy pavilyonini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. U yerda Xitoy, Koreya, Yaponiya, Singapur va boshqa davlatlar vakillari ham o‘z kino mahsulotlarini namoyish etishni rejalashtirgan. “Hong Kong Film Mart” vakili Osiyo kino bozorida O‘zbekistonning salohiyatini namoyish etishga katta qiziqish bildirdi va Gonkong kinoyarmarkasi “Xitoy darvozasi” ekanini ta’kidladi. O‘zbekiston vakillariga mazkur xalqaro tadbirda qatnashish uchun yaratilgan imtiyozli shartlar haqida ham ma’lumot berishdi.

    Janubiy Afrika taraqqiyot agentligi – “Songezo Boyisi Africa” vakili ushbu mamlakat hududida o‘z media mahsulotlarini suratga olish niyatida bo‘lgan O‘zbekiston kino va telekompaniyalari uchun imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. Xususan, Afrika mamlakatlarida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan teleloyihalar va ularni xalqaro kino bozorida ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

    Shveysariya festivali vakili Adolfo Edoardo Bader O‘zbekistonning jangovar janrdagi filmlari namoyishiga qiziqish bildirar ekan, mamlakatda xorijlik suratga olish guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni ham alohida e’tirof qildi.

    Xorijiy suratga olish guruhlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumat tashabbuslarining jahon reytingini yurituvchi Olsberg SPI agentligi vakillari O‘zbekistonning rivojlanish salohiyati, mamlakatda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot olishdi. Shuningdek, ular O‘zbekistonni ushbu nufuzli reytingga kiritish masalasiga qiziqish bildirishdi.

    Shuningdek, “Vesoul International Film Festival of Asian Cinema” festivali direktori Jan-Mark Teruan (Jean-Marc Therouanne) bilan fransiyalik tomoshabinlarining O‘zbekiston filmlariga bo‘lgan qiziqishi, shuningdek, respublikamiz hududida filmlar suratga olinganidan keyin sayyohlar tashrifining ko‘payishi kabi ijobiy natijalar muhokama qilindi. Xorijlik ekspertlar boshqa mamlakatlar tomoshabinlarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi, ayniqsa, qator filmlar namoyish etilganidan keyin ortganini ta’kidlashdi.

    Kann kinofestivalidagi O‘zbekiston Milliy pavilyoni bu yil ham o‘tgan yillardagi kabi O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi tomonidan Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    O‘zbekiston Milliy pavilyoni bosh homiysi – Orient Group kompaniyasi. Delegatsiyaning Fransiyaga uchib kelishi milliy avia tashuvchi – Uzbekistan Airways tomonidan tashkillashtirilgan. Mehmonlarning yashashi va joylashtirilishi bilan bog‘liq masalalarni Asialux Travel turoperatori o‘z zimmasiga olgan.

    Pavilyon ishi vaqtida Kann kinofestivali mehmonlariga “Uzbekistan’s club” global motivatsion platformasi taqdimoti namoyish etildi. Mazkur platforma loyihalaridan biri “O‘zbekistonlik” filmi bo‘lib, uning birinchi qismi 2022-yilning martida taqdim etilgan va keng tomoshabinlar auditoriyasi va OАVda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.

    Pavilyon ishida asosiy e’tibor Orolbo‘yi muammosi va mintaqani yangi “Aral Dream” kreativ loyihasi yordamida jahon axborot makonida ilgari surishga qaratilgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xanchjou—2022. Murodjon Yo‘ldoshev Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 14:22

    Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Bugun, 14:10

    Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Bugun, 13:58

    O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berildi

    Bugun, 13:52

    Nima sababdan chaqaloqlar tunda yaxshi uxlamaydi?

    Bugun, 13:44

    Novey kompaniyasi rebrending o‘tkazdi. Kompaniyani qanday o‘zgarishlar kutmoqda

    Bugun, 12:00

    Toshkent shahrida salkam 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

    Bugun, 13:38

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

    Bugun, 13:29

    “Britni janob Spirsga qarshi”: Shou-biznes yulduzlarining shov-shuvli hayoti haqidagi hujjatli filmlar

    Bugun, 12:57

    Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda

    Bugun, 12:47

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?