Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-may kuni AppDynamics (Cisco) kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish va masofaviy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Foto: Crn

Foto: Crn
AKT vaziri Sherzod Shermatov Cisco kompaniyasining Markaziy Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Aleks Donoyu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda kompaniya vakillari bilan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Cisco kompaniyasi O‘zbekistonda IT innovatsiyalar va yangi raqamli texnologiyalar bo‘yicha strategik loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida kompaniya vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish va masofaviy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)