• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda onkologik xizmatlarini rivojlantirishga mablag‘ ajratadi

    “Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 2021-yil 4-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasini moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga jami 80 million dollar miqdorida qarz bitimi imzolangandi.

    Loyihaning II bosqichini 2022—2026-yillarda amalga oshirish doirasida onkologiya muassasalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ularni jihozlash uchun 110 turdan ortiq tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar xarid qilish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarini jalb qilgan holda onkologiya xizmati salohiyatini tubdan oshirish, saratonni boshlang‘ich bosqichlarida aniqlash va ushbu yo‘nalishda soha mutaxassislarini o‘qitish va tayyorlash, onkologiya sohasida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashning elektron tizimini yaratishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.

    Qaror bilan quyidagilar belgilangan:

    • Sog‘liqni saqlash vazirligi loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
    • Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “O‘zmedimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyiha doirasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragent hisoblanadi;
    • ITBning qarz mablag‘larini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq (ustama) va foizlar, boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
    Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
    • “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
    • “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasi bo‘yicha Islom taraqqiyot bankining qarz mablag‘larini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq (ustama) va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali;
    • “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablag‘larining sarflanish yo‘nalishlari taqsimoti.
    Belgilanishicha, loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Bunda soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanishi yoki budjet mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishi natijasida iqtisod qilingan mablag‘lar O‘zbekistonning loyihani amalga oshirishga qo‘shgan ulushi sifatida hisobga olinadi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish nega to‘liq amalga oshirilmaganiga izoh berildi
    • O‘zbekistonda ITB va Saudiya Arabistoni hukumati ko‘magida jamg‘arma tashkil etiladi

    16.05.2022, 22:45   Izoh (0)   18825
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda bog‘cha tarbiyachisi ikki bolani birga yotqizib, o‘zi bolalar karavotiga yotib olganiga izoh berildi

    16.05.2022, 22:33

    Namanganda mahalla raisligi uchun saylovlar boshlandi. Ularda ishtirok etayotgan nomzodlarning chorak qismini ayollar tashkil etmoqda

    16.05.2022, 21:32

    Monopol korxonalarning 3,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromadi iste’molchilar foydasiga qayta hisob qilindi

    16.05.2022, 21:08

    O‘zbekistonning qaysi viloyatlarida narxlar oshishi ko‘proq sezilgani ma’lum bo‘ldi

    16.05.2022, 20:37

    Shavkat Mirziyoyev SHHT bosh kotibi bilan Samarqandda o‘tkaziladigan sammit masalalarini muhokama qildi

    16.05.2022, 20:13

    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tarqatgan axborot bo‘hton ekanini aytib, mas’ullarga chora ko‘rilishi

    16.05.2022, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.