Dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Italiyada o‘tkazilgan FIA Formula-4 chempionatida o‘zbekistonlik Ismoil Ahmadxo‘jayev o‘z ishtirokini boshladi. Xalqaro avtomobil federatsiyasi homiyligida o‘tkazilayotgan FIA Formula-4 Italiya chempionati bahslarida Ismoil hozircha 19 davlatdan kelgan 33 nafar avtosportchi orasida umumiy hisobida 13-o‘rinni egallab turibdi.
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida odam bilan bellashayotgan Boston Dynamics robot iti.
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniyaning Somerset shahridagi “Nuh kemasi” hayvonot bog‘ida yashovchi ayiq bolasi.
Foto: Getty Images
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari davomida Xarkov viloyatidagi noma’lum joyda ukrainalik harbiy xizmatchi minomyotdan o‘q otmoqda.
Foto: Reuters
Sharqiy Quddusda o‘ldirilgan Al-Jazira jurnalisti Shirin Abu Aklehning dafn marosimi paytida falastinliklarga qarshilik ko‘rsatayotgan Isroil politsiyasi.
Foto: AP Photo
Avstriyaning Vindishgarsten shahrida fermerlar yog‘och ustunlar va traktor yordamida may ustunini o‘rnatmoqda.
Foto: Reuters
Shotlandiyaning Edinburg shahridagi Kalton Xillda yoz fasli yaqinlashishi munosabati bilan uyushtirilgan san’at tadbiri.
Foto: Reuters
Zaporojyedagi ko‘chirilganlarni qabul qilish markaziga yetib kelgan bola va uning oilasi.
Foto: AP Photo
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Oy tuprog‘ida o‘sgan o‘simlik, Pokistondagi jazirama, Moskvadagi ulkan robot. 13-may suratlari
- Qashqadaryoda pishgan qovun, Farg‘onada yog‘ochdan ishlangan mashinalar, NATOning harbiy mashg‘uloti. 12-may suratlari
- Kapalak shaklidagi bayroq, oltin ko‘zli g‘oz, shaharda erkin yurgan maymunlar. 11-may suratlari
- Yoqib yuborilgan avtobus, Ukraina bayrog‘i ranglariga kirgan Eyfel, afg‘onlarga Koreyadan kelgan yordam. 10-may suratlari
- Moskvada o‘tgan harbiy parad, chempionlikni nishonlayotgan muxlislar, yuziga bo‘yoq uloqtirilgan Rossiya elchisi. 9-may suratlari
- Nayza ko‘targan afg‘on, tanga qidirayotgan bola, auksionda namoyish qilingan katta olmos. 6-may suratlari
- Toshkentdagi ulkan choynak, Kreml tomon ketayotgan “katyusha”, Yevropadagi samuraylar. 5-may suratlari