Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyatida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zga shaxslarni urish-do‘pposlash kabi jinoyatlarni sodir qilib kelgan bezorilar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan. Unda guruhga Urganch shahrida yashovchi muqaddam sudlangan S.X. (1986-yilda tug‘ilgan) boshchilik qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida S.X. bilan birgalikda Urganch shahrida yashovchi B.E. (1992-yilda tug‘ilgan) va Urganch tumanida yashovch O.M. (1986-yilda tug‘ilgan) ham gumonlanuvchi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Gumonlanuvchilarga tegishli avtomashinalardan urish va tan jarohati yetkazishda foydalaniladigan pichoq, temir bita ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Sport
Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”
Sport
Karlo Anchelotti: “Barselona”dan 5 ochko ortdamiz, biroq oldinda hali uzoq yo‘l bor