Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 8-turida “Energetik-BGU” 14-may, shanba kuni “Minsk” bilan bahs olib bordi.

Foto: Instagram / “Energetik-BGU”

Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, “Energetik-BGU”ning ikkinchi golini Bobur Abduxoliqov penaltidan unumli foydalangan holda urdi. Abduxoliqov uchrashuv yakunida zaxiraga olindi.

Qayd etish kerak, “Energetik-BGU” safida Abduxoliqovdan tashqari Abduqodir Husanov va Shohruxbek Abdurahmonov ham harakat qiladi. Har ikkala o‘zbekistonlik futbolchi mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Energetik-BGU”ning ochkolari soni 16 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Belarus Oliy Ligasi

8-tur bahsi

14-may, shanba

“Energetik-BGU” – “Minsk” 2:0

Gollar: 1:0 — 56 Aleksandr Svirepa, 2:0 — 75 Bobur Abduxoliqov (penalti).