Daryo

Namanganda Volvo yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bor

1 daqiqa o‘qish47 486 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Namangan viloyati FVB

Namangan viloyati “Chortoq” tumanida Volvo yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda viloyat FVB.

Foto: Namangan viloyati FVB

Qayd etilishicha, 2022-yil 2-aprel kuni soat 13:04 da Chortoq tumani “Namangan” mahalla fuqarolar yig‘ini Namangan ko‘chasida joylashgan avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasiga ta’mirlash uchun kelgan Volvo yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘in vaqtida avtomobil egasi hamda ustaxona ishchisi kuyib tan jarohati olgan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar