Daryo

Toshkent viloyatida Isuzu avtobusi yonib ketdi (video)

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtobusga zarar yetgan

1 daqiqa o‘qish104 386 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqda Yangiyo‘l tumanida avtobus yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi. IIV YHXBB mazkur holatga yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11-mart kuni soat 17:00 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, “Yangiyo‘l” MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 838-kilometrida haydovchi K.T. (1957-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtobusda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtobusga zarar yetgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ushbu hodisa yuzasidan Yangiyo‘l tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Avvalroq Qamchiq dovonida yuk avtomobili, Samarqandda “Jiguli”, Qashqadaryodagi zapravkada “KamAZ” yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar