Daryo

Nukusda to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi (video)

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi

1 daqiqa o‘qish30 856 ko‘rishlar0 izoh0

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 28-aprel kuni Nexia avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 14:00 larda Nukus shahri X.Abdambetov ko‘chasida sodir bo‘lgan. To‘xtab turgan haydovchi D.A. (1995-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomobilining salon qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar