Daryo

Toshkentda Mercedes-Benz mashinasi yonib ketdi (video)

FVV yong‘in-qutqaruv guruhi holatni 3 daqiqada bartaraf etdi

1 daqiqa o‘qish146 018 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan skrin

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 10-aprel kuni Mercedes-Benz mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Foto: Videodan skrin

Qayd etilishicha, soat 13:43 da Mustaqillik shohko‘chasida harakatlanib ketayotgan avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:49 da yong‘inga yetib borib, holat 13:52 da bartaraf etilgan.

Yong‘inda avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar