Daryo

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish39 386 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan Matiz yonib ketdi, deya xabar bermoqda poytaxt IIB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Qayd etilishicha, 2022-yilning 29-aprel kuni soat taxminan 10:00 larda Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasi 97-uy qarshisida haydovchi Y.F. Matiz avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Shu sabab yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan. Oqibatda transport vositasining old qismida yong‘in sodir bo‘lgan. YTH va yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar