• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident Karimovning 9-may tabrigi, andijonlik millioner bilan hamtovoqlikda ayblangan prokuror, “jurnalistika dangasa va tekinxo‘rlarga qarshi o‘t ochishi kerak!”. O‘zbek matbuoti 8-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 8-may, yakshanba

    Izboskandagi “Fayzulla Xo‘jayev” kolxozida ahvol pachava. Bunga sabab, birinchidan, ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan, ikkinchidan, “kolxoz rahbarligida yaramas unsurlar” o‘tiribdi. “Kolxoz raisi Bozor Hamroqulov mushtumzo‘rlar bilan birga. Uni axtargan kishi nashaxonadan topadi”, deyiladi “Qizil O‘zbekiston”dagi “Hamroqulov nashaxonada” xabarida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    Xuddi shu Izboskan tomondagi “Bolshevik” kolxozida esa “haydash-ekish ishlari bolshevik sur’ati bilan oldinda borayotir”. Ayniqsa, kolxoz zarbdorlaridan biri — 21 yoshli juvon Gulasalxonga gap yo‘q: u “har kuni 3 tanobdan yerga chigit ekdi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”ning so‘nggi sahifasida prokuror Badriddinov sudi tafsilotlariga bag‘ishlangan “Moziyning qora-qorong‘i sir pardalari yirtila boshladi” sarlavhali material berilgan. Prokuror Katanyanning “fosh qilishlari”ga ishoniladigan bo‘lsa, bu pardalar ortida, masalan, Badriddinovning andijonlik mashhur millioner Ahmadbek hoji Temirbekov bilan tanishligi va bu boyning tashabbusi bilan Badriddinov boshqa bir boyning qiziga uylanishidek “aybi” bor.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    Bu tomoshadan ko‘zlangan maqsad — Badriddinovni, u “turli nayranglar vositasi bilan o‘zini ‘oq’ deb ko‘rsatishga” qancha urinmasin, imkon qadar yomon qilib ko‘rsatish. Shu maqsad bilan Badriddinov Saidxonov degan diniy arbobni xalq tergovchisi qilib tayinlashda ayblanadi. So‘ng, Saidxonovning o‘zi so‘roqqa tutiladi: “Badriddinovning qarindoshi bo‘lgan sud ijrochisi bo‘lgan Quliyevning uyiga kim bilan borib, nima qildingiz?” (shu savolning o‘zida Badriddinov qarindosh-urug‘chilikda ham gumon qilinmoqda).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    Saidxonovning javobi: “Uning uyiga Badriddinov olib bordi, u yerda ziyofat yedik. Birgina bu emas, Badriddinovning buyrug‘i bilan unga o‘zim ham uch bor palov pishirib berganman”. Shunaqa: qozining o‘g‘li Saidxonovning ayblaridan biri — sinfiy dushmanning qarindoshiga osh pishirib bergani. 1930-yillarda bu qamalib ketishga yetarli bir ayb bo‘lgan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 8-may sonidan lavha

    60 yil avval. 8-may, seshanba

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasi asosan ikki mavzuni yoritgan — birinchisi, hali ham 5-maydagi “Pravda” gazetasining 50 yillik yubileyi va matbuot kuni bayrami, ikkinchisi, Toshkentda 7-may kuni ochilgan “SSSRda leninchi milliy siyosat tantanasi” degan katta ilmiy konferensiyaning ochilishi tafsilotlari.

    O‘zbekiston gazetalari SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyovning “Pravda” gazetasining 50 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisdagi nutqining tarjimasini bosgan. O‘rtoq Xrushchyov bu nutqida matbuotning asosiy vazifalarini sanab bergan. Jumladan, uning aytishicha, “matbuot kommunizm quruvchilarning mehnatini ulug‘lashi va dangasalar hamda tekinxo‘rlarga qarshi shafqatsiz o‘t ochishi kerak” (so‘z erkinligi, matbuot erkinligi, fikr erkinligi degan gap-so‘zlar yo‘q — yo‘q narsa gapirilmaydi-da).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 8-may sonidan lavha

    “SSSRda leninchi milliy siyosat tantanasi” nomli ilmiy konferensiya ochilishida O‘zbekiston yetakchisi Sharof Rashidov so‘zga chiqqan. Uni bu nutqi uchun qoralab bo‘lmaydi — 1962-yilda boshqacha gapirib ham bo‘lmasdi, ehtimol. Shunga qaramay, mantiqsizlik yaqqol ko‘zga tashlanadi — konferensiya go‘yoki xalqlar do‘stligi va tengligiga bag‘ishlangandek, ammo nutqning ayrim o‘rinlariga ko‘z yugurtirib, aslida bu tadbir ham, SSSRdagi butun boshli milliy siyosat ham aniq bir millatni alohida ulug‘lashdan iboratdek ko‘rinadi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 8-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 8-may sonidan lavha

    “Yosh leninchi”dagi Chexoslaviyaga bag‘ishlangan sarlavhasi ajoyib: “Gulla, yashna, sotsialistik Chexoslaviya!”. 1991-yildan so‘ng mashhur bo‘lgan, ko‘pchilik ko‘rgan, eshitgan “Gulla, yashna, mustaqil O‘zbekiston!” degan shiorga o‘xshaydi-ya!

    “Yosh leninchi” gazetasining 1962-yil 8-may sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1962-yil 8-may sonidan lavha

    30 yil avval. 8-may, juma

    Barcha markaziy gazetalarda prezident Islom Karimovning 9-may bayrami munosabati bilan Ikkinchi Jahon urushi va mehnat fronti faxriylariga, barcha o‘zbekistonliklarga tabrigi e’lon qilingan. Mustaqillik davridagi birinchi 9-may tabrigidagi prezident bu sananing o‘zini “ulug‘ G‘alaba kuni” deb atagani bilan, tabriknomaning biror o‘rnida “Ulug‘ Vatan urushi” atamasini ishlatmagan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi”ning o‘tgan sonlaridan birida yozuvchi Ibrohim Rahimning mustaqil O‘zbekistondagi joy nomlari muammosiga bag‘ishlangan “Qachon dadil bo‘lamiz?” sarlavhali maqolasi bosilgan edi. Gazetaning 8-may sonida o‘sha maqolaga Toshkent shahar hokimligi Atamalar komissiyasi mas’ul kotibi D.Saidovning javobi e’lon qilingan. Yozuvchi Shota Rustaveli ko‘chasining “jimjiloqday bir qismi Usmon Nosirga joy bergani”ni tanqid qilib yozgandi; hokimlik vakilining qayd etishicha, “bor-yo‘g‘i ikki bekat Shota Rustaveli nomida va, Xudo xohlasa, Usmon Nosir tavalludining 80 yilligigacha ko‘cha to‘lig‘icha uning nomi bilan yuritilib, shahrimizdagi istirohat bog‘laridan biriga ham bu xassos shorimiz nomi beriladi” (qayd etish joiz, hozirda Usmon Nosir nomi Shota Rustaveli ko‘chasinin jimjiloqday bir qismida ham yo‘q: Janubiy Vokzaldan to Grand Mir mehmonxonasiga qadar — salkam 7 kilometr yo‘l gruzin shoiri nomi bilan ataladi).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    Til masalasida yana bir lavha — bundan 30 yil avval O‘zbekiston yetakchisi xalqlar va millatlar tengligiga bag‘ishlangan katta tadbirda rus tiliga alohida minnatdorchilik bildirishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, endi o‘zbek olimlari “ovrupolashgan atamalarning o‘zbekchasi mavjud bo‘lishiga qaramay,.. aksariyati sobiq ittifoq davrida majburan tiqishtirilgani”ni qoralamoqda.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    O‘zbek gazetalari 8-may kuni bosgan chet el xabarlari orasida hozirgi kun nuqtai nazaridan shunisi qiziq: “Hozirgi vaqtda KXDRda SPID bilan birorta kasallanish holati aniqlangan emas. Binobarin, bu kasallik kelgusida ham KXDRda paydo bo‘lmaydi. Bu kasallik mamlakatga kirib keladigan barcha tirqishlarni berkitib tashlash imkoniyati mavjud”. 2020-yilgi pandemiyani ko‘rgan, kuzatgan odamlarga tanish manzara, shunday emasmi? Axir Shimoliy Koreyada hali ham kovid aniqlanmagan, chunki kovid kirishi mumkin bo‘lgan barcha tirqishlar yopib tashlangan. “Bo‘lishi mumkin emas!”, degandi ko‘pchilik, vaholanki, ularda 30 yillik tajriba bor ekan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    Afg‘onistonda endi Burhoniddin Rabboniy rahbar sifatida e’tirof etilmoqda; o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bitim imzolangan, bitimga yaqin vaqt ichida (ya’ni, 1992—1996-yillar oralig‘ida) “Kobul qassobi” nomini oladigan Gulbiddin Hikmatyor ham qo‘shilgani aytiladi.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    Toshkentda esa Afg‘onistondagi urushning og‘riqli aks-sadosi — Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumanidagi “Yangiobod” mahallasida Afg‘on urushida halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgan. Bu haqdagi fotolavha sarlavhasi ham e’tiborga molik: “Shahidlar xotirasi aslo o‘chmagay”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • 10 ming so‘mlik chaqaloqlar, fuqarolar urushi ostonasidagi Tojikiston, Hajga otlanganlar bilishi lozim bo‘lgan taqiqlar. O‘zbek matbuoti 7-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Musobaqa g‘olibiga bepul Haj yo‘llanmasi, O‘zbekistonni to‘liq radiolashtirish vazifasi, yolg‘on ma’lumot uchun ikki yilga kesilgan mudir. O‘zbek matbuoti 6-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Otuvga hukm qilingan novvoylar, Parkentga may oyida yog‘gan qor, amerikaliklar yordamisiz jilovlangan Mingbuloq. O‘zbek matbuoti 5-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

     

    08.05.2022, 07:30   Izoh (0)   90903
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.