“O‘tgan yili InfinBANK OpenWay kompaniyasi bilan hamkorlikda tuzilgan bank kartalariga oid o‘z protsessing tizimini ishga tushirib, Visa va UnionPay tizimlarining prinsipial a’zosiga aylangan edi. Mazkur loyihalardan ko‘zlangan asosiy maqsad, mijozlar uchun yangi qulayliklar va zamonaviy xizmatlar yaratishdan iborat edi. Bank ilovasining navbatdagi yangilanishi belgilangan vazifalarning amalga tatbiq etilayotganini tasdiqlamoqda”, — deydi InfinBANK ATB chakana biznes departamenti direktori Inomjon Usmonov.
InfinBANK ilovasidagi asosiy yangilik bu — Visa Direct orqali real vaqt rejimida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishning yo‘lga qo‘yilganligi. Dunyoning turli burchaklarida yashab, mehnat qilayotgan, o‘z ona yurti, yaqinlari bilan doimo aloqada bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun pul o‘tkazmalari xizmati yangilik emas. O‘zbekistonda juda ko‘p turdagi zamonaviy va texnologik jihatdan ilg‘or pul o‘tkazmalari xizmatlari mavjud. Xo‘sh, shunday ekan Visa Direct ulardan nimasi bilan farq qiladi, uning afzalliklari bormi? Albatta, bor.
Siz hech xalqaro pul o‘tkazmalarini olganmisiz? Hozirda buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: siz bankka borasiz (u dam olish kunlari ishlamaydi), kassada navbatga turasiz, pasportingizni ko‘rsatasiz, o‘tkazma raqamini aytasiz va ular sizga pullaringizni naqd shaklda berishadi yoki siz uni maxsus ilova orqali olishingiz (u har bir xalqaro pul o‘tkazmasi xizmati uchun alohida) va mahalliy bank kartangizga tushirishingiz mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, uzoq kutilgan pul nihoyat cho‘ntagingizda bo‘lishi uchun siz ma’lum vaqt va kuch sarflashingiz yoki mobil xizmatlarni tushunishingiz kerak (katta avlod vakillari uchun bu biroz qiyin bo‘lishi mumkin). Jo‘natmani yuborish uchun ham xuddi shunday harakat talab etiladi. Bu anchagina noqulay, shunday emasmi?
Endi esa tasavvur qiling, yaqin insoningiz uzoq mamlakatda turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri Visa kartangizga pul o‘tkazmasini jo‘natishi mumkin va siz ham xuddi shunday tarzda pulni qaytarishingiz mumkin. Haftaning istalgan kunida, kunduz yoki tunning istalgan vaqtida — Visa Direct shunday ishlaydi.
Endilikda ushbu zamonaviy xizmat InfinBANK mobil ilovamizda ham mavjud. Ushbu xizmat tufayli pul mablag‘larini hatto tunda va dam olish kunlarida ham onlayn tarzda olish mumkin. Endilikda ilovamiz foydalanuvchilari dunyoning 54 davlatiga o‘tkazmalarni osongina jo‘natishlari mumkin.
InfinBANK bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas, chunki xalqaro pul o‘tkazmalari yanada oson va qulayroq bo‘lishi mumkin. Tasavvur qiling, pul mablag‘larini o‘tkazish uchun siz oluvchining karta raqamini kiritishingiz shart emas — uning telefon raqamini bilsangiz kifoya. Ushbu xizmat Visa Alias Solution deb nomlanadi va tez orada ilovamizning barcha foydalanuvchilari uchun amal qila boshlaydi.
InfinBANK ilovasining joriy versiyasi bankimizni yangi ming yillikning to‘laqonli raqamli bankiga aylantirish yo‘lidagi yana bir kichik, ammo muhim qadamdir.
Reklama huquqi asosida.