Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda Abdulla Oripov nomi bilan bog‘liq tanlov uyushtirish kerakligini aytdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbariga sessiya davomida Koson tumani faollari tomonidan Abdulla Oripov nomi bilan bog‘liq tanlov uyushtirish taklifi bildirildi. Shavkat Mirziyoyev bu taklif o‘ziga ma’qul kelganini, shuningdek, bu tanlovni avval Qashqadaryoda, keyin butun respublika bo‘yicha namuna qilishni ta’kidladi.

“Shu bilan birga, alohida topshirig‘im ham bor. Kinochilarimiz Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid alohida bir film ishlasin. Abdulla Oripov haqida kino ishlasak arziydi, albatta! Men u insonni yaxshi tanirdim, ko‘p hamsuhbat bo‘lganman. Bitta she’r yozish uchun o‘nta kitob o‘qirdilar”, — deydi prezident.

Davlat rahbari Abdulla Oripovning “Kolumbda bor alamim manim, O‘zbekiston — Vatanim manim!” degan satrini eslab o‘tdi.

“Film samimiy bo‘lsin. Abdulla akaning Toshkentga borgani, qiyinchiliklar ko‘rgani, shunga qaramay, ijodidan chekinmagani ko‘rsatib berilishi kerak”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga bir yilgacha muddatda shu filmni ishlab, taqdim qilish zarurligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi