Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Gonduras sobiq prezidenti Xuan Orlando Ernandes AQSHga ekstraditsiya qilindi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda sobiq siyosatchiga noqonuniy giyohvand moddalar aylanmasi bilan shug‘ullanish hamda o‘qotar qurol qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yiladi. Ta’kidlanishicha, Ernandes AQSH Giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi (DEA) samolyoti bortida uchib ketgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Gonduras poytaxti Tegusigalpeda sobiq prezident qo‘llari kishanlangan holda xavfsizlik kuchlari hamrohligida aeroportga kuzatilgan. Ernandesning ekstraditsiyasini nishonlagan o‘nlab odamlar qo‘llarida mamlakat bayroqlari bilan aeroport atrofida to‘plangan. Yaqin kunlarda u Manxetten federal sudi qarshisida javob berishi kutilmoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Ernandes 2014-yildan 2022-yilga qadar prezidentlik lavozimidan mamlakatni narkodavlat sifatida boshqarish yo‘lida suiiste’mol qildi. U AQSHga yo‘naltirilgan kokainlar partiyasini himoya qilish maqsadida boshqa davlatlarning amaldorlari bilan sheriklik qilib keldi”, — deydi AQSH bosh prokurori Merrik Garland.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Amerikalik prokurorlarning hisoblashicha, 53 yoshli siyosatchi 2004-yildan 2022-yilgacha o‘zining siyosiy o‘sishini moliyalashtirish maqsadida nakrosavdodan pul olib kelgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan, xususan, meksikalik narkobaron Xoakin El Chapo Gusmandan millionlab dollar olgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida Gonduras sudi mamlakatning sobiq prezidenti Xuan Orlando Ernandesni giyohvand moddalar va qurol-yarog‘ savdosida gumon qilib, hibsga olish bo‘yicha qaror chiqargandi.

Ma’lumot uchun, Ernandesning ukasi Xuan Antonio noqonuniy kokain savdosi bilan shug‘ullangani uchun AQSHda umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Jinoiy to‘daning sobiq rahbari Devis Lionel Maradiganing so‘zlariga ko‘ra, Los Cachiros karteli sobiq prezident Xuan Orlando Ernandesning opasi Hilda Ernandesga 2012-yilda 250 ming dollar naqd pul bergan. O‘sha paytda Ernandes kongressmen va prezidentlikka nomzod edi. Yana 50 ming dollarni 2014-yili, Xuan Orlando Ernandes prezident bo‘lganidan keyin uning akasi Xuan Antonio Ernandes olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyadagi senzura haqida gapirgan sudya iste’foga chiqarildi. U Rossiya SSSRning “vorisi” emasligini ta’kidlagan edi
Mahalliy
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi